Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Soliq bilimdonlari bellashdilar
02.05.2018

Urganch shahrida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Soliq bilimlari – bolalarga!" respublika tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Unda shahardagi umumta’lim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchilari uchun "Soliq mavzusining suratlardagi tasviri", 5-9-sinf ishtirokchilari uchun "Soliq mavzusining hikoyalarda aks ettirilishi", akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida "O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosati" mavzusidagi eng yaxshi insho, "Soliqlar nimaga to‘lanadi va nimalarga sarflanadi?" mavzusidagi komputer taqdimoti nominatsiyalari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlarini baholashda mamlakatimizda shakllantirilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, soliq imtiyozlari va preferensiyalari, iste’molchilar huquqlari kafolatlari xususidagi bilimlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, so‘nggi yillarda mamlakatimizda soliq solish va soliq ma’murchiligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tengdoshlariga kengroq tushuntirib berishdi.

Shuningdek, jamiyatda soliq madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan takliflarini ko‘rgazmali tarzda tomoshabinlarga namoyish etishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, "Soliq mavzusining suratlardagi tasviri" yo‘nalishi bo‘yicha Urganch shahar 1-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Go`zaloy Raymberdieva 1-o‘ringa loyiq, deb topilib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. "Soliq mavzusining hikoyalarda aks ettirilishi" yo‘nalishi bo‘yicha Urganch shahridagi 21-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Gulrux Soliyeva 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi, "O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosati" mavzusidagi eng yaxshi insho yo‘nalishi bo‘yicha Maftuna Botirova, "Soliqlar nimaga to‘lanadi va nimalarga sarflanadi?" mavzusidagi komputer taqdimoti nominatsiyasida esa Urganch neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji 2-bosqich talabasi Gulxayo O`rinova g‘olib chiqib, respublika bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Tanlov yakunida har bir yo‘nalish bo‘yi cha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday tanlovlar Urganch, Hazorasp hamda Gurlan tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi 

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi