Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“Sog‘lom ona, sog‘lom bola - sog‘lom jamiyat”
21.12.2017

Ushbu shior ostida 2017 yil 14 dekabr kuni Urganch tumani Yuqorido‘man qishlog‘idagi 29-sonli oilaviy poliklinikada O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyat kengashi "Ayollar qanoti" tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda qishloqda yashovchi kam ta’minlangan oilalar a’zolari bo‘lgan xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbir ochilishida ta’kidlanganidek, Mustaqillik yillarida mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Konstitutsiyamizning 65-moddasida "Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deyilgan. Shundan kelib chiqib, qabul qilingan huquqiy asoslar o‘z samarasini berdi.Eng zamonaviy davolash uskunalari bilan jihozlangan yangi-yangi shifoxonalar, poliklinikalar bunyod etilib millionlab yurtdoshlarimiz salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutmoqda.Natijada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi ancha oshdi.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ham xalqimiz salomatligini asrash ishiga hissa qo‘shish borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Partiya deputatlik guruhlari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan qonunlar va Davlat dasturlari ijrosini nazorat qilish borasida ko‘lamdor ishlar qilinmoqda. Ushbu tibbiy ko‘rikni tashkil qilishdan maqsad ham onalik va bolalikni muhofaza qilish ishiga hissa qo‘shishdan iborat.

Urganch tumani Yuqorido‘rman qishlog‘ida tashkil qilingan tibbiy ko‘rikda 80 nafardan ziyod ayollar kardiolog, terapevt, nevropatolog, okulist, akusher ginekolog, lor kabi qator soha mutaxassislari tomonidan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan ayollarga tegishli tavsiyalar, ambulator va statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.Shuningdek, ayollarga sog‘lom turmush tarzi, bola parvarishi, reproduktiv salomatlik, yuqumlik kasalliklarning oldini olish borasida tavsiyalar berildi.

Nigora Nurlaeva, O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi etakchi mutaxassisi:

­­-Partiyamiz harakat dasturida millat genofondini asrash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Millat salomatligi esa avvalambor ayollarimizning sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Bugungi tibbiy ko‘rik ham ushbu maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu kabi tadbirlarimiz O‘zMTDP nufuzi o‘sishining omilidir.

Alisher RAHMONOV,

O‘zMTDP Xorazm viloyat

Kengashi etakchi mutaxassisi.