Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SIZGA TA’ZIM, SIZGA EHTIROM AZIZ FAXRIYLAR
10.05.2018

Viloyatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan

tadbirlar o‘tkazilmaqda

Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni va “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida viloyatimizda 9 may - Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanmoqda.

Bayram arafasida mahalliy hokimlik, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekistan yoshlar ittifoqi viloyat, shahar, tuman Kengashlari vakillari viloyatimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonlarida bo‘lib, Prezidentimizning ularga yo‘llagan Tabrigini o‘qib eshittirdilar. Shuningdek, Prezidentimiz nomidan bir yo‘la besh million so‘m pul mukofoti, qimmatbaho qo‘l soati va boshqa sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

- Biz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni har lahzada o‘z xayotimdan his qilib turibman. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov xonadonimizda bo‘lib, Prezidentimizning yo‘llagan Tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, Prezidentimiz nomidan besh million so‘m pul mukofoti va qimmatbaho qo‘l soatini topshirdi. Ko‘zlarim sevinchdan yoshlandi. Mana shunday tinch, farovon kunlarga etkazganiga qayta va qayta shukronalar aytdim, - deydi urganchlik Madrahim ota Ollaberganov.

Ikkinchi jahon urushi janggohlarida dushmanga qarshi mardonavor kurashgan va bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan otaxonlar o‘zlarining taassurotlaridan gapirib berar ekanlar, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni quvonch bilan qayd etmoqdalar.

“Nuroniylar maskanlari”da ham faxriylarning dildan suhbatlari davom etmoqda.

O‘z muxbirimiz.

“Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” 

gazetalari 9 may, №37 (19487) chorshanba