Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SINF KUTUBXONALARINI TASHKIL ETISH TAJRIBASI
23.02.2017

 

SINF KUTUBXONALARINI TASHKIL ETISH TAJRIBASI

 

Urganch tuman Xalq ta’limi muasasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Sinf kutubxonalarini tashkil etish tajribasiga bag‘ishlangan amaliy seminar – kengash bo‘lib o‘tdi.

 

- Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda tarhibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida tashkil etildi, - viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Tillayev.

Maktabda tashkil etilgan "O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda sinf kutubxonalarining o‘rni" mavzusidagi tadbirda xalq viloyatdagi tumanlarning ta’limi muasasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha sho‘’ba rahbarlari, viloyat axborot-resurs markazi xodimlari, "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy harakati mutaxassislari va ijodkor o‘qituvchilar ishtirok etdilar. Ular maktabning har bir sinfida tashkil etilgan "Sinf kutubxonasi" burchaklari bilan yaqindan tanishdilar. Maktabda sinf kutubxonalarining tashkil etilishi va faoliyati haqida sinf rahbarlari Oygul Davletjonova, Sevara Ibragimova, Dilnoza Ro‘zmetova, Hurmatoy Hollieyvalar ishtirokchilarga gapirib berdilar.

Ishtirokchilar bu tajribani viloyat maktablarida keng tarqatish haqida kelishib oldilar.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining matbuot kotibi