Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



«SILASUN TASHKENT» XORIJDA O‘Z SAVDO UYIGA EGA
17.02.2018

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun keng imkoniyatlar, soliq to‘lovlaridan bir qancha imtiyoz va preferensiyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Buning natijasida chekka hududlarda ham ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati yo‘lga qo‘yilib, aholi bandligini ta’minlashda, milliy mahsulotlarning jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xonqa tumanida faolyat yuritib kelayotgan «SILASUN TASHKENT» xorijiy korxonasi ham ana shunday faol tadbirkorlik sub’ektlaridan biri sanaladi. 
«SILASUN TASHKENT» kushma korxonasi 2009 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Yiliga 2000 tonna paxta tolasini qayta ishlab, kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxonada ayni kunda 80 nafarga yaqin ishchi xizmat qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida korxonaga 2,8 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritildi. Korxonada ishlab chiqarish sifatni boshqarish tizimining ISO 9001:200 talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda ishlab chiqarilgan maxsulotning asosiy qismi Rossiya, Belorussiya, Polsha davlatlariga eksport qilinmoqda. Shuningdek, 2016 yildan buyon korxonaning Belorussiya davlati Minsk shahrida tashkil etilgan "O‘zbek-Belarus” Savdo uyi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
– Qo‘shma korxonamiz mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida tashkil etilgan. Jamiyat tomonidan 2017 yilda 663,9 tonna ip kalava ishlab chiqarildi. Shundan ishlab chiqarilgan ip kalavaning 468 tonnasi xorij davlatlariga eksport qilinishiga erishildi. Hozirda xonqali 30 nafarga yaqin kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlaganmiz. Mahsulotlarimizga respublikamizning barcha hududlari va xorijiy davlatlardan ham talab katta. Korxonamiz ishchilari xorijdan keltirilgan zamonaviy dastgohlarni boshqarmoqdalar. Albatta, bunday samaradorlikka erishishimizda davlatimiz rahbari va hukumatimizning Farmon hamda qarorlari muhim o‘rin tutmoqda. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar faoliyatimizni yanada kengaytirish,  korxonamizni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlashimizda hamda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi «SILASUN TASHKENT» kushma  korxonasi rahbari Yusufjon Sadiqov.
Mazkur korxonada joriy yilning o‘tgan ikki oyi davomida 200 ming AQSh dollari miqdoridagi ip kalava mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 2017-2019 yillarda mazkur korxona tikuv va tikuv trikotaj tarmoqlarini yanada rivojlantirish, yarim tayyor engil sanoat maxsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarning uskunalarini zamonaviy va energiya tejamkor uskunalarga almashtirish orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion loyihalarning manzilli dasturiga kiritilgan. Ushbu loyiha doirasida korxonaga sotib olinishi rejalashtirilgan zamonaviy dastgohlar bo‘yicha Germaniyaning yirik  kompaniyalari bilan import shartnomalari imzolangan. Hozirda xorijdan keltirilishi rejalashtirlgan zamonaviy dastgohlar uchun zarur bo‘lgan qurilish ishlari to‘liq yakuniga etkazilgan. Rejadagi yangi loyiha asosida korxonaning ishlab chiqarish quvvati yana 2 barobarga oshadi, shuningdek 50 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.
- Albatta, soliq siyosatini erkinlashtirish va takomillashtirish jarayonidan tadbirkorlarning o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi va undan foydalanishni bilishi nafaqat tadbirkor uchun, balki butun iqtisodiyotimiz ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga ega, - deydi Xonqa tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i Sarvarbek Niyazov. – tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan tadbirkorlarni soliqqa oid me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan keng tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar hamda davra suhbatlari o‘z samarasini bermoqda. Buning natijasida tumanda ishlab-chiqarish hajmi kengayib, sifatli mahsulotlar eksporti ortmoqda. Tadbirkorlarimiz tomonidan yangi loyihalar, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. «SILASUN TASHKENT» xorijiy korxonasi ham ana shunday ilg‘or tadbirkorlik sub’ektlaridan biri sanaladi.
Korxonamizda unumli mehnat qilishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan, - deydi korxona ishchisi Shaxnoza Mirzaeva. Tsexlarimiz keng, yorug‘, toza. Har birimiz maxsus kiyim bilan ta’minlanganmiz. Dam olish soatlari  doimo mazmunli o‘tadi. Oylik maoshlarini o‘z vaqtida olamiz. Ishga borib, kelish uchun transport xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ishchi-xizmatchilarga tibbiy xizmat ham ko‘rsatilmoqda.
Bugun Xorazm viloyatida «SILASUN TASHKENT» singari xorijiy korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, tuman va qishloqlarda ishlab chiqarish va sanoat sohasining rivojiga qaratilayotgan e’tibor, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari hamda pereferentsiyalar, o‘z navbatida, iqtisodiy soha rivoji yo‘lida muhim ahamiyat kab etayotir.
Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha to‘siq hamda g‘ovlarni bartaraf qilish, ayniqsa, soliq yukini pasaytirishga qaratilgan tizimli islohotlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda, ishlab chiqarish samaradorligini yanada yuksaltirishda, eng muhimi, yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda eng katta zamin yaratmoqda.

Dilrabo KURYAZOVA 
Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i