Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



"SHOVOT” CHEGARA BOJXONA POSTIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQLARI O‘TKAZILDI
01.08.2017

"SHOVOT” CHEGARA BOJXONA POSTIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQLARI O‘TKAZILDI

Radioaktiv moddalar o‘zidan ion nurlanishlari chiqarishi natijasida inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatib, og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Shuningdek ionlashgan nurlar ta’sirida genetik ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir ko‘rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqadi. Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’siri inson organizmidagi sezish organlari orqali sezilmaydi. Yana bir muhim jihati radioaktiv moddalarni o‘zidan chiqarayotgan zararli nurlari faqat maxsus-texnikalar orqali aniqlash mumkinligidadir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Radiatsiyaviy avariyalarni prognozlashtirish, barvaqt aniqlash va harakat qilish yagona davlat tizimi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 20-dekabrdagi 358-sonli qarori hamda Xorazm viloyati Hokimi-fuqaro muhofazasi bo‘yicha boshlig‘ining 2017-yil 14-iyuldagi buyrug‘iga asosan Xorazm viloyati Shovot tumanining Turkmaniston davlati bilan chegaradosh hududida joylashgan "Shovot” chegara bojxona postida "Chegara orqali qo‘shni davlatlardan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini kirib kelishini oldini olish yoki bunday holat kuzatilganda viloyat FVDT tegishli xizmatlari va huquqni muxofaza qiluvchi idoralarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur mashqni tashkil etish va o‘tkazishdan asosiy maqsad – ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini respublika xududiga olib kirish(olib chikish)ni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni, shuningdek ushbu holatlar aniqlanganda ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha rahbar xodimlar hamda maxsus tuzilmalar shaxsiy tarkibining bilim saviyalarini oshirish va ularda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, mas’ul xizmatlar tuzilmalari shaxsiy tarkibining radiatsiya o‘chog‘ini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari hamda biriktirilgan maxsus asbob-anjom va himoya vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda ionlashtiruvchi nurlanish manbasi o‘chog‘ini bartaraf etishga jalb etiladigan kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishdir.

Tadbirda Xorazm viloyati bojxona, Favkulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘likni saqlash boshqarmalari, DSENM va "Sanoatgeokontexnazorat” Xorazm mintakaviy inspektsiyasi xodimlari maxsus texnik-vositalari bilan jalb qilindi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida shartli ravishda "Shovot” chegara bojxona posti orkali bir nafar fukaro tomonidan o‘zining shaxsiy avtomashinasida ionlashtiruvchi nurlanish manbasini noqonuniy ravishda respublika xududiga olib kirishga urinish xolati bo‘yicha mas’ul xizmatlar tuzilmalari ushbu manbani bartaraf etish bo‘yicha harakatlari mashq qilindi.

Tadbir yakunida o‘quv mashqi davomida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Ikrom Matniyozov

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

Ommaviy axborot vositalari bilan

aloqalar guruhi katta inspektori