Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SHARAFLI VA MAS’ULIYATLI VAZIFALAR IZLANISH, O‘RGANISHGA CHORLAYDI
26.06.2018

Jurnalistika sharafli, mas’uliyatli kasb bo‘lib, sohaning har bir hodimidan chuqur bilim, tajriba, mahorat va mas’uliyat talab etadi. Bu bekor emas. Chunki jurnalist qaysi mavzuda maqola yoki ko‘rsatuv, eshittirish tayyorlayotgan bo‘lsa ham minglagan kishilar e’tiboriga havola qilayotganini yurakdan his qiladi. Bu esa chop qilinayotgan maqolalarni, televideniye ko‘rsatuvlarini, radio eshittirishlarni yanada ta’sirchan, qiziqarli,o‘qishli bo‘lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari xodimlarini va samarali va emin-erkin ijod qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Tahririyatlarning moddiy-texnika bazasi axborot-kommunikatsmya vositalari bilan mustahkamlanmoqda. Malakali mutaxassislar tayyorlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa Prezidentimizning joriy yil 24 mayda qabul qilgan «Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorini soha xodimlari, tahririyat jurnalistlari katta mamnuniyat bilan kutib oldilar. Negaki bugungi kunda aynan shahar, tuman, viloyat gazetalari, televideniye, radio tahririyatlari uchun malakali kasb egalari nihoyatda zarur. Prezidentimizning ushbu qarori sohani har tomonlama yetuk kadrlar, mutaxassislar bilan ta’minlashga katta ahamiyatga ega. Pirovardida esa chuqur bilimga ega jurnalistlar yurtdoshlarimizga manzur bo‘ladigan materiallarni tayyorlaydilar. Shuningdek, mamlakatimiz rahbarining «O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori sohani rivojlanishida, jurnalistlar faoliyatini yanada e’zoz topishida va ularning mehnatini qo‘llab-quvvatlashda muhim hujjat bo‘lib, keng imkoniyatlar yaratilganligining yorqin ifodasidir. Bu esa jurnalistlarni yanada ijodiy g‘ayrat shijoat bilan faoliyat yuritishga yo‘naltirmoqda. 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’ruza qilgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov ommaviy axborot vositalari taraqqiyotiga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ijodkorning ijod qilishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sohadagi yutuqlar tahririyatlarning ibratli ishlari, «Ustoz-shogird» va mahorat maktablarining ijobiy natijalari, kelgusida oldda turgan vazifalarga atroflicha to‘xtaldi. Shundan so‘ng uzoq yillar ommaviy axborot vositalarida samarali faoliyat yuritgan faxriy jurnalistlarga va matbuot, televideniye, radio matbaachilik sohasida, qator boshqarma, tashkilotlarning matbuot xizmati xodimlariga viloyat hokimligining Faxriy yorliqlari va sovg‘alari topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist E.Samandarov viloyat matbuot va axborot boshqarmasining boshlig‘i D.Bekchanova, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi O‘.Matqurbonov so‘zga chiqdilar. Tantanali tadbir ishtirokchilarining barchasiga viloyat hokimligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Taniqli san’atkorlar, yosh ijrochilar tomonidan musiqali dastur bayram tadbiriga yanada fayz bag‘ishladi.