Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SAYYOHLIK RIVOJLANMOQDA
22.10.2018

Viloyatda sayyohlar, mehmonlar uchun xavfsiz muhitni hamda qulayliklarni yaratish maqsadida "Xavfsiz turizm" konsepsiyasi doirasida qator tashkiliy-amaliy tadbirlar amalga oshirilayotir. Viloyat IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash, ularning amaldagi qonun-qoidalarga rioya etishini nazorat qilish hamda boy taassurotlar bilan o‘z yurtlariga qaytishlari uchun barcha zarur choralarni ko‘rishyapti. - Qadimiy va navqiron Xiva shahri xorijliklarni o‘ziga maftun qilib kelmoqda, - deydi viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Muhammadjon Otaboev. - Shu bois, har yili dunyoning turli mamlakatlaridan bu ko‘hna zamin, uning tarixi, buguni va ertasi bilan yaqindan tanishish maqsadida minglab sayyohlar kelishmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni yanada oshdi. 40 dan ortiq charter avia-reyslari orqali 5 ming nafardan ziyod chet el turistlarini qabul qildik. Ularning boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishishi, sayohat davomida dam olishi va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi, xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rildi. Mehmonxona xodimlari sayyohlarni hududda joylashgan tarixiy obidalar, ularning joylashuv manzili, yo‘l xaritasi, tibbiyot maskanlari, tashkilotlar hamda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transportlarning harakat yo‘nalishi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, hududda joylashgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining aloqa telefonlari, joylashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishi va bu boradagi maxsus dasturiy ta’minotni o‘z mobil qurilmalariga yuklab olishlari mumkinligi haqida tushun-tirilyapti. Turistlar bilan bevosita muloqotga kiruvchi ichki ishlar organlari xodimlarining sohaga oid bilimlari oshirilmoqda. Boshqarmaga xizmatda foydalanish uchun xavfsiz turizmni ta’minlash yo‘nalishini aks ettiruvchi alohida belgilar bilan jihozlangan engil avtomashinalar, maxsus jihozlangan avtobuslar, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari uchun zamonaviy mototsikllar va "Qorabayr" zotiga mansub xizmat otlari ajratildi. Yaratib berilayotgan bunday sharoitlar sayyohlar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Viloyat hududida o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar, ko‘plab ilmiy-amaliy konferensiyalar, turli sayillar, festivallar, bayram kechalari, tadbirlarda vohamizga tashrif buyurayotgan chet ellik sayyohlar ham ishtirok etishyapti. Jumladan, "Gurvak-Xorazm qovunchiligi ramzi", "Qovun sayli"da hamda "Raqs sehri" xalqaro festivalida ko‘plab xorijiy va mahalliy sayyohlar qatnashishdi. Tadbirlarning tinch va osoyishta o‘tishida barcha sohaviy xizmat xodimlari faol ishtirok qildilar. Xizmat xodimlarining tegishli tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sayyohlar bilan bog‘liq jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bunday keng ko‘lamdagi tadbirlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad viloyatga tashrif buyurayotgan xorijlik hamda mahalliy mehmonlarning sayohatini, dam olishini, madaniy xordiq chiqarishini, xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.
Zokirjon ISMOILOV.