Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Sayyohlar ko‘proq tashrif buyuradi
26.10.2015

Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish Dasturi asosan 2013-2015 yillarda jami 200 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. 

2015 yil 1 oktabr holati bilan 100 ta loyiha to‘liq bajarildi, 52 ta loyihada ishlar davom etmoqda. 
Dasturning turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 118 ta chora-tadbir amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, 2015 yil 3 chorak yakuni bilan 80 ta loyiha to‘liq amalga oshirildi.
 Shu bilan birga 6 ta loyiha doimiy xarakterga ega va qolgan 32 ta loyihada ishlar davom etmoqda.
 Bu ishlar 5 ta yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Bular: Turizm infratuzilmasini rivojlantirish, hududdagi barcha madaniy meros, arxeologik va boshqa turistik obyektlarda yagona tasdiqlangan namuna bo‘yicha axborot tablolarini va ko‘rsatkichlarni o‘rnatish, Turistik toifaga mansub transport vositalarini sotib olish, Xiva-Urganch yo‘lidagi sobiq avtobekat negizida transport vositalari parki va texnik xizmat ko‘rsatish shohobchasi tashkil etish, Xiva shahri, Mustaqillik ko‘chasida bir vaqtning o‘zida 15 ta engil avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtoto‘xtash joyi tashkil qilish. 
Hududning tur-marshrutlari va xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha ham ishlar davom etmoqda.
 Ushbu yo‘nalishda 45 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 29 ta loyiha amalga oshirildi, 8 ta loyihada ishlar davom etmoqda. 
Jumladan, Xazorasp tumanidagi “Xazorasp qal’a” qal’asi negizida turistik majmua tashkil qilish, Shovot tumanidagi “Katqal’a” qal’asi atrofida piyoda yo‘lakchalari tashkil qilish, ochiq drenaj tizimlari holatini yaxshilash, obodonlashtirish hamda magazinlar va ovqatlanish shaxobchalari tashkil qilish, X.Devanov kinoteatri negizida zamonaviy 3D formatdagi kinoteatr tashkil qilish, “Ota darvoza” darvozasi yonida 20 ta qurilmani olib tashlagan holda 500 o‘rinli amfiteatr qurish, Hududning madaniy ko‘ngilochar ob’ektlarida rangli lazer shou tizimlarini o‘rnatish shu jumladan: amfiteatrda “Ichon qal’a” fonini yaratish, Barcha madaniy meros ob’ektlarida dekorativ yoritish va illyuminatsiya tizimlarini o‘rnatish, Xiva tumanida zamonaviy bouling markazi qurish loyihalarini takomillashtirish va yakunlash choralari ko‘rilmoqda. 
Vohaning Turistik potentsialni namoyish qilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘n loyiha amalga oshirish belgilangan. Bu ishlar to‘liq yakunlangan. 
Sayyohlar uchun qo‘shimcha ob’ektlar infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishda 31 ta loyiha amalga oshirish belgilangan. Shundan 18 tasi to‘liq amalga oshirildi. 6 ta loyihada ishlar davom etmoqda. 
Turizm sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishida 12 ta loyiha amalga oshirilgan, qolgan ikki loyiha bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Tarixiy madaniy meros ob’ektlarni restavratsiya qilish va holatini yaxshilash bo‘yicha bugungacha 17 ta madaniy meros obektida ta’mirlash va tiklash ishlari olib borildi.

 Xorazm viloyati hokitmligining Axborot xizmati