Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SAYLOVCHILARNING MUROJAATLARI – E’TIBORDA
21.10.2015

Deputat bo‘lish sharafli va shuning bilan birgalikda mas’uliyatli vazifa hamdir. Ishonch bilan deputatlikka saylangandan keyin, uni oqlash burchimizdir.
Meni xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat qilib saylashgan Shovotqal’a, Xitoy qishloqlarida tez-tez bo‘laman, saylovchilar bilan uchrashaman. Ular mana shu qishloqlarda istiqomat qilayotgan aholi, mehnat faxriylari, yoshlar, uy bekalari, turli kasb, turli yoshdagi insonlardir. Saylovchilarimiz qishloqlarimiz tobora obod, fayzli bo‘lib borayotganligini, tez sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlarni, mahalla guzarlaridagi qulayliklarni mamnunlik bilan aytishadi. Biroq gohida savdo, maishiy va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida ayrim kamchiliklar borligini aniq misollar bilan bildirishadi. Men uchrashuvlarda ularni daftarimga tezda yozib, kamchiliklar, muammolarni yana bir bora o‘rganaman va tegishli tashkilotga borib, rahbariga uchrashib, bu muammolarni tezda echimini topish zarurligini ta’kidlayman.
Jumladan, aholining yo‘llarni ta’mirlash ishlarini sifatli olib borish, ichimlik suv sifatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish kabi qator murojaatlari to‘g‘risida mutasaddi tashkilotlarning rahbarlariga so‘rovnomalar yubordim.
Jumladan, saylovchilar tomonidan qilingan murojaatlar asosida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Xorazm avtoyo‘l xududiy yo‘llardan foydalanish korxonasining rahbariyatiga saylovchilarning taklif, tavsiyalari o‘rin olgan so‘rovnoma bilan murojaat qildim. Natijada tez orada ushbu so‘rovnomalarga muvofiq tashkilotlar amaliy ishlarga kirishdilar. Yo‘llarni joriy ta’mirlash, tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha muammolar bartaraf etilmoqda. Masalan, Shovot tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash foydalanish korxonasiga qarashli hududdagi Yangiariq-Xiva-Qo‘shko‘pir-Shovot-Gurlan tumanlararo yo‘li va Urganch-Chotko‘pir-Shovot tumanlararo yo‘lining bir qismi buzilib, ta’mirtalab holatda ekanligi to‘g‘risidagi so‘rovnoma bo‘yicha bir muncha ishlar amalga oshirildi. Yangiariq-Xiva-Qo‘shko‘pir-Shovot-Gurlan tumanlararo yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bundan keyin ham o‘z saylov okrugimda muntazam ravishda saylovchilarim bilan uchrashuvlarda, yig‘ilishlarda, qabul kunlarida aytilgan muammolarni hal qilish bo‘yicha ish olib boraveraman.
Ibodulla BOLTAYEV,
O‘zbekistan Millim tiklanish demokratik partiyasi 
Shovot tumani kengashi raisi, xalq deputatlari 
viloyat kengashi deputati.