Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ROSSIYALIK SHIFOKORLAR XORAZMDA
22.08.2017

ROSSIYALIK SHIFOKORLAR XORAZMDA

Rossiyaning Ufa shahridagi kardiologiya markazining rentgenendovaskulyar jarrohik bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Temur Hafizov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filialida bo‘lib, mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari o‘tkazdi.

Kardiologiya, kardioxi­rurgiya, kardioreabilita­tsiya, fizioterapiya bo‘limlari va ixtisoslashtiril­gan poliklinika faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur shifo maskanida joriy yil boshida interventsion kardi­ologiya bo‘limi ham tashkil qilinib, zamonaviy angi­ografiya uskunasi bilan jihozlandi. Natijada yurak holatini chuqur o‘rganish barobarida, murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida angiograf uskunasida 8 xil turdagi 450 ga yaqin jarrohlik muolajalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslarida uyqu arteriyasi, oyoq qon tomirlaridagi jarrohlik amaliyotlari filial shifokorlari bilan hamkorlikda bajarildi. Endilikda bemorlar bunday muolajalar uchun Xorazmdan Toshkentga yoki Rossiya Federatsiyasiga borishlariga hojat qolmadi.

- O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni, tibbiyot sohasidagi yangiliklarni katta qiziqish bilan kuzatib boramiz, — deydi tibbiyot fanlari doktori Temur Hafizov. — Mamlakatingizda tibbiy dori-darmonlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, zamonaviy shifoxonalar barpo etish va tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, dunyodagi eng etakchi klinikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino kamol topgan diyorda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida biz o‘rganadigan yangiliklar ham juda ko‘p. Bugungi amaliy muloqot ham har ikki tomon uchun juda foydali bo‘ldi.

O‘zaro hamkorlik kelgusida filial shifokorlariga rossiyalik hamkasblari bilan muntazam tajriba almashish imkoniyatini yaratadi. Bu esa aholi sa­lomatligini yanada mustahkamlashga, mahalliy mutaxassislarning yuqori texnologiyaga asoslangan eng murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdagi tajribalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Odilbek ADAMBAYEV

«Xalq so‘zi» gazetasi,

2017 yil 22 avgust, № 165.