Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



“RAQS SEHRI” XALQARO FESTIVALI YAKUNLANDI
17.09.2018

Milliy raqs san’atimizni dunyoga targ‘ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu festivalda 17 xorijiy davlatdan, shuningdek, yurtimizning barcha hududlaridan kelgan badiiy raqs jamoalari, san’atkorlar, olim va tadqiqotchilar qatnashdi. – Men o‘zbek milliy raqslariga juda qiziqaman, – deydi festival ishtirokchisi, indoneziyalik Asri Dvi Xapsari. – SHuning uchun ham ushbu festivalga taklif qilishganida juda xursand bo‘lib ketdim. Ayniqsa, festivalning qadim Xiva shahrida o‘tkazilayotgani tadbir ishtirokchilariga yanada o‘zgacha ilhom bag‘ishladi. Tashkilotchilar raqs bayramiga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rishgan. “Ichan qal’a” haqidagi taassurotlarim alohida mavzu. Chin ma’noda ochiq osmon ostidagi muzey. SHahar ko‘chalarini kezar ekanman, o‘zimni xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek his qildim. Uch kun davom etgan festival doirasida milliy madaniy merosimiz, san’atimiz, milliy qadriyatlar va urf-odatlarimiz, xususan, yurtimizning turli hududlariga xos raqs, hunarmandchilik, tasviriy va amaliy san’atning eng yaxshi namunalari, shu bilan birga, oshpazlik yo‘nalishidagi an’analar namoyish qilindi. Ishtirokchilarning Xiva shahridagi madaniy meros ob’ektlari bo‘ylab sayohati uyushtirildi. Xiva tumanidagi “Sayyot” madaniyat va aholi dam olish maskanida o‘tkazilgan tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan raqs jamoalari, yakkaxon raqqosalar qatnashdi. Ayniqsa, yakka va ommaviy raqslar hamda “Xorazm vohasining xalq raqslari” barchada katta taassurot qoldirdi.
– Tanlovda har bir raqs jamoasi o‘z hududiga mos harakatlari, libosi va ijro texnikasi bilan ajralib turdi, – deydi AQSHning Korkoran san’at va dizayn maktabi direktori, professor Lorel Viktoriya Grey. – O‘ynoqi ohang, sho‘x raqslar kayfiyatingni ko‘tarsa, mumtoz va maqom yo‘nalishidagi raqslar mulohazaga chorlaydi. Barchasi ajoyib, o‘ziga xos va betakror. “Raqs sehri” xalqaro festivali doirasida milliy taomlar ko‘rgazmasi va oshpazlar tanlovi ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan oshpazlar o‘sha hududga xos taomlar pishirib, o‘z mahoratini namoyish qildi. – Men vodiycha palov pishirdim, – deydi andijonlik oshpaz Yoqubjon Mo‘minov. – Oshni tatib ko‘rgan festival ishtirokchilari unga yuqori baho berdi. Mana shunday katta tantana va to‘ylarda doshqozonlarda osh pishirish menga zavq bag‘ishlaydi. Ayniqsa, uni ishtaha bilan tanovul qilayotganlarini ko‘rib, ko‘nglimda ajib tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Milliy pazandalik maktabimiz azaldan jahonda nom qozongan. – O‘zbek milliy taomlari juda yoqib qoldi, – deydi Fransiyaning “France 3” telekanali muxbiri Anaelle Biyanchard. – Hammasi o‘zgacha, bir-birini takrorlamaydigan yoqimli ta’m bor. Palovdan tatib ko‘rdim. Bu ovqatning turlari juda ko‘p ekan. Festivalda ishtirok etganimdan mamnunman. CHunki festival bahona yurtingiz tarixi, milliy udum va an’analar, san’at va madaniyat namoyishi bilan tanishdim. Barchasini kameram xotirasiga yozib oldim. Yurtimga qaytgach, taassurotlarim va to‘plagan materiallarim asosida zo‘r lavha tayyorlayman. Xalqaro festival doirasida “Raqs san’atida milliy an’analarning ahamiyati” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Urganch tumanidagi O‘zbek – Turkman do‘stlik uyida tashkil etilgan ushbu konferensiyada raqs san’ati, uning tarixi va amaliyotiga oid ilmiy izlanishlar olib borayotgan qator xorijlik va yurtimiz olimlari, tadqiqotchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. – Anjumanda “Kuylovchi maqom, raqsga tushuvchi maqom” deb nomlangan ma’ruzam bilan ishtirok etdim, – deydi yaponiyalik raqqosa Mashuko Mazaki. – Unda 2004 yildan buyon raqsning turkiy musiqiy an’analari, mumtoz va folklor she’riyati hamda kalligrafiyasini chuqur o‘rganishga qaratilgan loyihasi ustida olib borayotgan ilmiy izlanishlar haqida gapirib berdim. Bugungi anjuman menga juda ko‘p xalqlarning raqs san’ati va uning turlari bilan tanishish imkonini berdi. Mamlakatimiz olimlari milliy raqs san’atimiz tarixi va milliy cholg‘ularda chalinadigan o‘yin maqomlari haqida ma’ruza qildi. Konferensiya ishidagi mutaxassis, olim va tadqiqotchilarning ilmiy ishlari, loyihalari alohida to‘plam holida nashr etilishi ko‘zda tutilgan. Festival doirasida xorijlik mehmonlar uchun “Xon qabuli” deb nomlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi tashkil etildi. Bundan tashqari, milliy hunarmandchilik buyumlari savdo-ko‘rgazmasi, “Raqs sehri” fotoko‘rgazmasi, tasviriy va amaliy san’at asarlari badiiy ko‘rgazmalari namoyishi, “Milliy va zamonaviy liboslar” ko‘rgazmasi, “Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlari” tomoshalari, nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini asrab-avaylash va tiklashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xalq o‘yinlari ham ishtirokchilar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Raqs bayramining yopilish marosimida festival doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi. “Eng ko‘p muxlis olqishiga sazovor bo‘lgan raqs ijrochisi” nominatsiyasida italiyalik san’at ustasi Ambrodjio Sparanya boshchiligidagi san’atkorlar guruhi g‘olib, deb e’tirof etildi. “O‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini xorijda targ‘ib qilish” nominatsiyasi g‘olibligi yaponiyalik Mashu Komazaki hamda AQSHlik Lourel Viktoriya Grey xonimga topshirildi. “Eng yaxshi xorijlik raqs ijrochisi” deb indoneziyalik Asri Dvi Xapsari topilgan bo‘lsa, “O‘zbek milliy raqsi borasidagi ilmiy tadqiqotlari uchun” yo‘nalishida g‘oliblikka hindistonlik professor Shekxar Chander sazovor bo‘ldi. Shuningdek, “Eng yosh raqs ijrochisi”, “Eng ko‘rkam milliy raqs libosi”, “Eng yaxshi yakkaxon ayol raqqosa”, “Eng jozibali raqs ijrochisi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha yurtimizning turli hududlaridan kelgan raqs jamoalari, yakkaxon raqqos va raqqosalar taqdirlandi. Tadbir yakuniga bag‘ishlangan gala-konsertda mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari va xorijlik mehmonlar ham ishtirok etdi. Festivalning yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullaev, Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov g‘olib va sovrindorlarni taqdirlashdi.