Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"RAQS SEHRI" FESTIVALIGA TARADDUD
13.08.2018

Xalqimizning moddiy-ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari, milliy hunarmandchiligi, tasviriy, amaliy san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, ularni yurtimizda va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, shuningdek, sayyohlik, hunarmandchilik va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarini takomillashtirish hamda turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish maqsadida viloyatimizda o‘tkazilib kelinayotgan "Raqs sehri" an’anaviy festivaliga shu kunlarda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. "Raqs sehri" festivalini joriy yilning 14-15-16 sentyabr kunlari Xiva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimligida an’anaviy festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishida ushbu nufuzli tadbirning dasturlarini tayyorlash uchun yuksak mahoratga, iqtidorga ega bo‘lgan rejissyorlar, bastakorlar, baletmeysterlarni jalb etish va kun tartibiga qo‘yilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Festival doirasida viloyatdagi musavvirlar va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan tasviriy va amaliy san’at namunalaridan iborat ko‘r- gazmalar tashkil etiladi. Qadimiy va navqiron Xiva shahriga tashrif buyurgan mehmonlar tarixiy obidalarni tomosha qiladilar hamda folklor etnografik ansamblarining rang-barang ijodiyotidan bahramand bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Gavharjon Matyoqubovaning qayd etishicha, bu yilgi festival yangi iste’dod egalarini kashf etib, ularni raqs san’atining yangi ufqlari sari yo‘naltiradi.