Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



QO‘SHMA KORXONA: SIFAT, SAMARA, IMTIYOZ VA EKSPORT
12.05.2018

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi kabi Xorazm viloyatida ham sanoat korxonalari faliyatini jadal rivojlantirish, ularni zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalar va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash hamda keng hajmli eksportbop mahsulotni ishlab chiqarish borasida keng ko‘lami ishlar amalga oshirilmoqda.

Shovot tumanidagi “KATQAL'A-TEKS” qo‘shma korxonasi viloyatning eng yirik sanoat korxonalaridan biri sanaladi. Mazkur korxona Buyuk Britaniya davlati bilan qo‘shma korxona sifatida 2016 yilda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, uning asosiy faoliyat turi to‘qilgan va trikotaj paypoqlarini ishlab chikarishdan iborat. 

Qo‘shma korxona 2016 yilda 300 nafarga yaqin ishchi bilan ish boshlagan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu erda 150 ta qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratildi. Hozirda esa 700 nafarga yaqin ishchi-xodimlar eng zamonaviy texnik va texnologik dastgohlar bilan jihozlangan tsexlarda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Zamonaviy darstgohlarni asosan kasb-hunar kollejlarini tamomlagan qishloq yoshlari mahorat bilan boshqarmoqdalar. 

– Yurtboshimiz tomonidan biz tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalangan holda, jahon bozorida ham o‘z o‘rnimizni egallamoqdamiz. Faoliyatimiz, barcha turdagi paypoq mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Endilikda korxonasmizda 600 nafardan ortiq yoshlar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda ish hajmini, eksport salohiyatini hamda yangi ish o‘rinlarini kengaytirishga erishmoqdamiz. Asosiy maqsadimizdan biri, milliy va jahon bozorini sifatli mahsulot bilan ta’minlash, - deydi, qo‘shma korxona bosh direktori Umirbek Abdullaev.

Paypoq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan mazkur qo‘shma korxonada 2017 yilda jami 10 milliard 805 million so‘mlik tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2018 yilning birinchi choragida 9 milliard 319 million so‘mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarilgan. Korxona yiliga 70 million dona tayyor paypoq ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu erda tayyorlanayotgan sifatli mahsulotlar ichki bozordan tashqari Rossiya Federatsiyasi, Moldaviya, AQSh, Chexiya davlatlariga ham eksport qilinmoqda. Xususan, o‘tgan yilda 42,5 ming AQSh dollari qiymatiga ega bo‘lgan 140 mingdan ortiq paypoq mahsulotlari jahon bozoriga eksport qilindi. Natijada, o‘tgan yil davomida korxona O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan 217 million so‘m dan ortiq soliq imtiyoziga ega bo‘ldi. Joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida esa qo‘shilgan qiymat solig‘idan 803 million so‘mdan ortiq imtiyoz korxona ixtiyoriga qoldi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish samaradorligi yanada oshirishga, korxona tsexlari faoliyatini kengaytirishga, yangi innovatsion texnika va texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda korxonaga ixtiyoriga qolgan soliq imtiyozlari evaziga Italiyadan 1ming 40 ta yangi to‘quv hamda qadoqlash dastgohlari olib kelindi. 

Jamoada yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Bu borada aholining, iste’molchilarning talab va istaklarini o‘rganish hamda ana shu tarzda ish uslubini yanada takomillashtirish faoliyat asosini tashkil etmoqda. 

- Albatta, soliq siyosatini erkinlashtirish va takomillashtirib borish jarayonidan tadbirkorlarning o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi va undan foydalanishni bilishi nafaqat tadbirkor uchun, balki butun iqtisodiyotimiz rivojida ham muhim ahamiyatga ega, - deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ataniyozov. - Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarni soliqqa oid me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan keng tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar hamda davra suhbatlari o‘z samarasini bermoqda. Buning natijasida viloyatda ishlab-chiqarish hajmi kengayib, sifatli mahsulotlar eksporti ortmoqda hamdatadbirkorlarimiz tomonidan yangi loyihalar, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. “KATQAL'A-TEKS” qo‘shma korxonasi ham ana shunday ilg‘or tadbirkorlik sub’ektlaridan biri sanaladi.

Korxonamizda unumli mehnat qilishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan, - deydi korxona ishchisi Muqaddas Ermetova. Tsexlarimiz keng, yorug‘, toza. Har birimiz maxsus kiyim bilan ta’minlanganmiz. Dam olish soatlari  doimo mazmunli o‘tadi. Issiq ovqat, ishga borib, kelish uchun transport tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ishchi-xizmatchilar uchun tibbiyot xonalari va tibbiy xizmat ham tashkil etilgan. Bu erda asosan kollej bitiruchilari ishlaydi. Bugun mamkalatimizda yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar biz yoshlarni yanada faollikka undaydi. Kelajakda bu erda o‘z bilim va ko‘nikmalarimni mustahkamlab, shogirdlar etishtirishni maqsad qilganman.

Bir so‘z bilan aytganda, bugun muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida viloyatimizning barcha hududlarida yirik ishlab-chiqarish korxonalarning soni yil sayin ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlik sohasining rivojlanishida, mazkur sohada eksport salohiyatini oshirishda hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilib, aholining turmush tarzi yanada farovon bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. 


Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi 

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i