Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



QISHLOQ XO‘JALIGI YILI SARHISOB QILINDI
19.12.2016

QISHLOQ XO‘JALIGI YILI SARHISOB QILINDI

Xorazm viloyatida 2016 yilgi qishloq xo‘jaligi yili yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning turli tumanlaridan kelgan dehqon va fermerlar, bog‘bonlar, chorvadorlar ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi P.Bobojonov tadbirni ochar ekan 2016 yil xorazmlik dehqonlar uchun muvaffaqiyatli yakunganini alohida ta’kidladi.

Paxtachilik, pillachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik, chorvachilikda, umuman qishloq xo‘jaligining barcha sohalarida ko‘zlangan marralarga erishildi.

Fermerlar paxta xom-ashyosi sotish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarida ko‘zda tutilganidan 30 ming tonna ko‘p xom – ashyo yig‘ib oldilar. Viloyatda hosildorlik gektar boshiga 31 tsentnerga teng bo‘ldi. Paxtachilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermerlar olgan daromad 350 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi "Muattar”, Xonqa tumanidagi "Madir Xonqa” va "Sherzod Otaniyozov” fermer xo‘jaliklari har gektar erdan 60 tsentnerdan oshirib hosil oldilar.

Viloyat bo‘yicha 24 ta fermer xo‘jaligida hosildorlik gektar boshiga 50 tsentner, 316 ta fermer xo‘jaligida esa 40 tsentnerdan oshdi.

Dehqon - fermerlarining unumli mehnatlari uchun davlatimiztomonidan yaratib berilgan sharoitlar, hukumatimiz tomonidan ularni moliyaviy mablag‘lar, yonilg‘i – moylash materiallari, meniral o‘g‘it va texnika vositalari bilan ta’minlash borasida tizimli tadbirlar amalga oshirilayotganligi muvaffaqiyatlarning asosiy garovi dir.

Dehqon – fermerlarimizning sho‘r yuvishdan tortib ekish, ekin parvarishidan to hosilni yig‘ishtirib olguncha bo‘lgan davrda barcha agrotexnik qoidalarga to‘la rioya qilayotganligi, yangi texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotganligi yutuqlarni ta’minlayotgan yana bir asos bo‘lmoqda.

Masalan, viloyatda bu yil , 70 foiz maydonga qo‘shqator usulda chigit ekildi. Zarakundalarga qarshi kurashishda biometod keng qo‘llandi. Hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalardan himoya qilishning puxta tizimi yaratildi.

Dehqonchilik sohasining tajribali faxriylari Kenjaboy Ortiqov , Raimboy Matrasulov, Aminboy Vapaev, Jumaboy O‘tamov, Ibodulla Iskandarov, Rustam Sultonov, Leninza Asqarovalar ekin ekishdan tortib, hosilni tez va soz yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonlarda o‘zlarining yo‘l – yo‘riq va maslahatlari bilan fermerlarga elkadosh bo‘lib turdilar.

Bu yil Xorazmda 252,5 ming tonna bug‘doy yig‘ib olindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 34 ming tonna ko‘p demakdir. Hosilning 94 ming tonnasi aholi tomorqalaridan yig‘ib olindi.

Gurlan tumanidagi "Sevinchbek - Ixlosbek” (rahbari Mansur Hasanov), Bog‘ot tumanidagi "Dilshod” fermer xo‘jaligi (rahbari Ibodulla Iskandarov) a’zolari har gektardan 90 tsentnerdan ham yuqori hosil oldilar.

Amalga oshirilgan yuqoridagi tadbirlar bois aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qoplanib, Xorazm bozorlarida narx-navo barqarorligi ta’minlanmoqda.

Anjuman yakunida ilg‘or qishloq xo‘jaligi xodimlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

San’at ustalari o‘zlarining dasturlari bilan tadbirga fayz kiritdilar.

Shuhrat Matkarimov,

Viloyat hokimligining etakchi mutaxassisi