Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Qayta qurilayotgan shahar
26.10.2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 dekabrdagi “Urganch shahrining Bosh rejasini amalga oshirish, obodonchilik va Xorazm viloyati aholisini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2013-2020 yillarda Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va Xorazm viloyati aholisini ichimlik suvi ta’minotini tubdan yaxshilash ishlariga jami 1579 mlrd. so‘mlik mablag‘lar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kungacha Dasturda belgilangan loyihalarning 1121.4 mlrd. so‘mligi amalga oshirildi.

 Jumladan: 
2013-2014 yillarda 609.0 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 849.3 mlrd. so‘mlik (139,4%) etib bajarildi. 2015 yilga rejalashtirilgan 340,0 mlrd. so‘mlik hajm 1 oktabr xolatiga 272.1 mlrd. so‘mlik (80%) qurilish ishlari bajarildi. 
Obyektlar kesimida olib qaralganda “Urganch” xalqaro aeroportida 61.5 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarilib,“300 o‘rinli uchib kelish” va “300 o‘rinli uchish ketish” zallari foydalanishga topshirildi. 
Toshkent axborot-texnologiyasi universiteti (TATU) Urganch filiali 2013-2014 yillarda yangi binosi qurilishida 19,4 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 300 mln. so‘mdan ortiq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, talabalar uchun yangidan yotoqxona qurib bitkazildi. 
“Olimpiya zahiralari” kollejida 2014-2015 yillarda 160 o‘rinli yotoqxona, 2 ta sportzal va 300 o‘rinli oshxona yangidan qurildi. O‘quv bloklari, mavjud oshxona va 2 ta 250 o‘rinli yotoqxona kapital ta’mirlandi, shuningdek laboratoriya va diagnostika binosining fasadini ta’mirlash, magistral isitish tizimi quvurlarini ta’mirlandi. Tashqi yoritgichlarni o‘rnatish, maysa ekiladigan maydonga sug‘orish tizimini o‘tkazish, asfalt yotqizish ishlari,jami 11.7 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. 
Urganch davlat universitetida 2015 yilda 506 o‘rinli oshxona binosini yangidan qurildi, 4 ta 1058 o‘rinli mavjud yotoqxona binosi kapital tamirlandi, universitet xududining ichki yo‘l va yo‘laklarga asfalt yotqizildi, tashqi yoritgichlar va sug‘orish tizimi to‘liq o‘rnatildi.Ushbu ishlarga jami 5.4 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. 
Urganch tibbiyot kollejida 2015 yilda 200 o‘rinli yotoqxona kapital ta’mirlanib 1 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. 
2-son akademik litseyda bu yil 100 o‘rinli oshxona va 200 o‘rinli yotoqxona kapital ta’mirlandi. Litsey xududidagi yo‘laklarga asfalt yotqizish ishlari, tashqi yoritgichlar va sug‘orish tizimi to‘liq o‘rnatildi. Manzarali daraxtlar ekildi. Jami 1.6 mlrd. so‘mdan ortiq qurilish montaj ishlari bajarildi. 
Markaziy stadionda 2014 yilda rekonstruktsiya ishlari boshlanib, tribuna, kirish qismini tartibga solishga alohida e’tibor qaratildi. 1000 dan ziyod manzarali daraxtlar va maysalar ekildi. 28.6 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. 
“Yoshlik” massividagi obyektlardan Sport majmuasidagi yopiq manej majmuasi, gimnastika zali, 2 ta sportzal, basseyn qurilishi va obodonlashtirish ishlariga 55 mlrd.so‘m sarflandi. 
 Hududdagi 190 o‘rinli bolalar bog‘chasi 2,4 mlrd. so‘m safrlanib rekonstruktsiya qilindi. Bugungi kunda obyekt foydalanishda. 9.7 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, “Turizm va mehmonxona xizmati” kasb-xunar kolleji foydalanishga topshirildi. 
Shuningdek, 3.3 mlrd. so‘m sarflanib qurilgan 315 o‘quvchi o‘rinli maktab bugun ishlab turibdi. 2-son bolalar musiqa san’at maktabini qurishga 2,6 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, obyekt foydalanishga topshirildi. 
Tasdiqlangan loyiha bo‘yicha 101 ta 2 qavatli kottedj tipidagi uylar qurildi. 
“Jayxun” mehmonxonasi ob’ektini rekonstruktsiya qilinib Tibbiyot akademiyasiga aylantirish ishlari nihoyasiga yetmoqda. Bu yerda 2015 yilning 1 oktabr holatiga 41.6 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. 
“Tinchlik” ko‘chasida yangi “Baxt uyi”da 3,6 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Shuningdek, loyiha asosida maydon atrofidagi Ipotekabank binosi qayta ta’mirlanib, musiqali fontan va muzqaymoq paviloni yangidan qurildi. 
“Yoshlar ko‘li” obyektida 12 mlrd.so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, foydalanishga topshirishildi. 
Amir Temur parki rekonstruktsiyasining umumiy qiymati 19.7 mlrd. so‘m bo‘lib, bugungi kungacha 4.0 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. Bugungi kunda kommunikatsiya tizimlarini montaj qilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda 10-sonli maxalla xududida 11 ta va Yoshlik massivida 8 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish ishlari boshlanib, 61.7 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. Qolgan 4 ta ko‘p qavatli uylarni o‘rnidagi eski binolarni buzilib olish va o‘rnini tozalash ishlari olib borilmoqda.
Sheroziy ko‘chasidagi eski uylar buzilib, o‘rnida 12 ta yangi zamonaviy 2 qavatli turar joylar qurildi.
2013-2014 yillarda Urganch shahridagi 15 ta mahallani namunaviy mahallaga aylantirildi, namunaviy mahallalarda ichki yo‘llar, yo‘laklarga asfalt yotqizish, yo‘laklar chetiga bordyurlar o‘rnatish hamda barcha kommunikatsiyalarni tartibga keltirish ishlari bajarildi.
Mahallalarda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 21 ta maxsus texnikalar sotib olindi.
Shuningdek, 7 ta maxallada yangidan zamonaviy namunaviy maxalla guzarlari qurildi. 2013-2014 yillarda “O‘ztransgaz” kompaniyasining mablag‘lari hisobidan 63 ta obyektda 30,4 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarildi.
Dasturga asosan suv ta’minoti bo‘yicha 2013-2014 yillarda 120 ta obyektda 42 mlrd. so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi.
2015 yilda esa respublika byudjeti mablag‘lari xisobidan 25.6 mlrd. so‘mlik ish bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib 1 oktabr holatiga 21.2 mlrd. so‘m (82.8%) ishlar bajarildi.
Dasturga asosan 2013-2014 yillarda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 481 ta obyektda 30.8 mlrd. so‘mlik qurilish – montaj ishlari bajarildi.
Dasturga asosan 2015 yilda “O‘zbekenergo” kompaniyasining 20 mlrd. so‘m mablag‘i hisobiga elektr ta’minotini yaxshilash rejalashtirilib, 1 oktabr holatiga 13.1 mlrd. so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Dasturga asosan yo‘l qurilishi bo‘yicha 2013-2014 yillarda 101.3 mlrd. So‘mga 126 ta yangi yo‘l qurilishida ishlatiladigan texnika-vositalari sotib olindi.
2015 yilning 1 oktabr xolatiga 27.7 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlari bajarilib, shundan Urganch shahrining ko‘chalari yo‘llarni qurish va rekonstruktsiya qilish ishlariga 21.9 mlrd.so‘msarflandi.
Shovot kanalining shahar ichidan o‘tuvchi 7,3 km qisminining ikki qirg‘og‘ida betonlashtirildi. Kanalning o‘zanida doimiy akvatoriya hosil qilish maqsadida, suv sathini 3 metr chuqurlikda bo‘lishini ta’minlovchi suv inshooti qurildi. (332 piket). Kanaldan sizib chiquvchi filtratsiya suvlarini tutib qoluvchi 7,3 km uzunlikdagi yopiq-yotiq drenaj (ZGD) tizimi qurildi.
Urganch shahrining meliorativ holatini yaxshilash uchun “G‘azovot-Davdon” kollektorlar tizimi, “Divanko‘l” magistral kollektori hamda “Chakkako‘l” kollektori rekonstruktsiya va ta’mirlash-tiklash ishlari bajarildi. Shahar hududidagi mavjud 47 ta tik drenaj quduqlari ishchi holatga keltirildi.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida Urganch shahri va Shovot kanali atrofida yer osti suvlari sathini 1-1,5 metrgacha pasayishiga erishildi. Shahar hududidagi yer osti suvlari tizimini monitoring qilish uchun 81 ta kuzatuv quduqlari qurilishi yakunlandi.
Kanalning ikki qirg‘og‘ida viloyatlar tomonidan 48 mlrd.so‘mdan ziyod mablag‘ o‘zlashtirilib, 55 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurib foydalanishga topshirildi.

Xorazm viloyati hokimligining Axborot xizmati