Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



QAYTA ISHLASH SOHASI RIVOJI XALQIMIZ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI
29.03.2017

QAYTA ISHLASH SOHASI RIVOJI

XALQIMIZ FAROVONLIGIGA XIZMAT QILADI

Prezidentimiz Xorazmga tashrifi davomida muhim masalalar qatori qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sanoat yo‘li bilan qayta ishlash sohasini isloh qilish, dehqon va fermerlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratib: "Biz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xomashyo holida sotishda davom etsak, hech qachon kosamiz oqarmaydi”, deb aniq-ravshan aytdilar. Shundan kelib chiqqan holda, yaqin yillar ichida viloyatning qayta ishlash salohiyatini oshirish borasida tub burilishlar yasash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi. Aytish joizki, hozirda viloyatda etishtirilayotgan paxta tolasining 45 foizi shu erda qayta ishlanyapti. Bu ko‘rsatkichni yanada oshirish uchun bir qator tumanlarda yangi qo‘shimcha engil sanoat korxonalarini ishga tushirish, ularda ip-kalava, turli matolar, tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu rejalar hayotga tadbiq etilsa etishtiriladigan paxta tolasining 95 foizi shu erning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ladi.

Ma’lumki, dunyoda kam uchraydigan tabiiy va tuproq-iqlim sharoitining uyg‘unligi tufayli eng mazali, shirin va tabiiy toza meva-sabzavotlar bizning mintaqamizda etishtiriladi. Saxovatli zaminimizning ne’matlari bo‘lgan vitaminlarga boy meva-sabzavotlar xorijda ham sevib iste’mol qilinadi, ya’ni juda eksportbopligi bilan ajralib turadi. So‘nggi yillarda ushbu mahsulotlarimizning eksport hajmi ortib, geografiyasi kengayib borayotgani bejizga emas. O‘tgan yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan 1-Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida viloyat eksportyorlari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan 2016-2017-yil­larda 40 million dollarlik, jami 69 ming mahsulot etkazib borish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bunday yutuqlarni ko‘paytirish uchun viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasini yuqori pog‘onaga ko‘tarishga qaratilgan sa’yharakatlar boshlab yuborildi. Masalan, bizning tumanimizda yiliga ikki ming tonna uzum, Shovot, Xiva va boshqa tumanlarda meva-sabzavotlarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, "Bog‘ot meva sharbat" korxonasida texno­logik yangilash jarayonlari amalga oshirilib, uning avvalgi ming tonnalik quvvati 4 ming tonna mevani qay­ta ishlash darajasiga etkazilmoqda.

- Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2017 – 2018-yillarda 48,4 milli­ard sumlik 52 ta meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshi­rish maqsad qilib qo‘yilgan, deydi Xorazm viloyati hokimligining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Zafar Ollaquliyev. - Pirovardida 2018-yil yakuni bilan 20 ming tonnadan ortiq yangi qayta ishlash quvvatlari yaratilib, bu sohadagi korxonalar soni 61 taga etadi, viloyatda qay­ta ishlash quvvati 37,5 ming tonnani tashkil etadi.

Bu raqamlar uddalanishi kerak bo‘lgan ishlar qamrovi qanchalik keng ekanini ko‘rsatib turibdi. Shular barobarida Xorazm dehqonchilik an’analarini tiklash, Gurlan tumanida sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti filialini ochish ko‘zda tutilgan. Viloyatda mavjud qovun etishtirish tajribasini takomillashtirish bo‘yicha Urganch davlat universitetida maxsus qovunchilik bo‘limini tash­kil etish ishlari olib borilmoqda. Yaqin yillar ichi­da avval paxta ekilgan 4 ming gektar maydonda sabzavotchilik va qovunchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etish nazarda tutilmoqda. 2017-2019-yillar davomida viloyatdagi olti yarim ming gek­tar eski, samarasiz bog‘ va tokzorlar o‘rnida eksportbop uzum hamda meva etish­tirish uchun intensiv bog‘lar barpo etiladi.

Ushbu hayotbaxsh loyihalar amalga oshgach, viloyatda mav­jud ekin maydonlari, bog‘ va tokzorlardan foydalanish samaradorligi ortib, qish­loq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish yuqori darajada o‘sadi. Bundan albatta, tadbirkor ham, mahsulot etishtiruvchi dehqon-fermer ham manfaat ko‘radi. Eng asosiysi, qishloq xo‘ja­ligi mahsulotlarini qayta ishlash, eksportga yo‘naltirish hajmi ortishi natijasida xalqimizning farovonligi yanada yuksaladi.

Azamat SAFAROV,

"Bog‘ot sadosi” gazetasi,

2017-yil, 23-mart, №12.