Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



QARDOSH XALQLARNING ABADIY DO‘STLIGI
06.07.2018

O‘zbek va turkman xalqlari azaldan bir daryodan suv ichib, tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimizni yagona tarix, mushtarak madaniyat va qadriyatlar, o‘xshash til va urf-odatlar birlashtirib turadi. Bu yaqinlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka asos bo‘lmoqda. O‘zbek va turkman xalqlarini bir-biriga bog‘lab turadigan tarix, madaniyat va urf-odatlar xalqlarimizning umumiy mulkiga aylangan. Bu yaqinlik madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik rivojida mustahkam asos bo‘lmoqda. Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan joriy yilning 23-24 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lgan edi. Tashrif doirasida savdo, iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, turizm va boshqa soxalardagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator hujjatlar imzolangan edi. Bugun Xorazm viloyatiga Turkmaniston Respublikasidan shoirlar, oliy o‘quv yurtlarning ilmiy xodimlari, kinemotograflar, madaniy markazlar, OAV hodimlari, muzey va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari S.Salayev va Shovot tumani hokimi X.Yusupovlar Shovot tumanida kutib olishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida delegatsiya a’zolari Urganch tumanidagi “O‘zbek-Turkman” do‘stlik uyi va “Ulli hovli” yodgorlik majmuasida hamda Urganch shahridagi “Yoshlar markazi”da bo‘ldilar. - “Ulli hovli” yodgorlik majmuasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, binoning asl tarixiy holatini saqlab qolingan. 20 o‘rinli mehmonxona, turkman o‘tovlari, otxonalar, xullas, sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratilgan ekan, - deydi Turkmaniston qaxramoni Go‘zal Shoquliyeva. O‘ylaymanki, hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish jarayonida bizning do‘stlik-hamkorlik aloqalarimiz yanada mustahkamlanadi. Ertaga mehmonlarning Xiva shahriga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.