Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



QARDOSH XALQLAR HAMKORLIGINING YANGI BOSQICHI
29.09.2018

So‘nggi yillarda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar jadal rivojlanmoqda. Do‘st va qardosh davlatlar o‘rtasida turli darajadagi o‘zaro tashriflar faollashdi. Kuni kecha viloyatimizga Turkiyaning Bolu shahar hokimi Alaaddin Yilmaz tashrif buyurdi.
Hurmatli mehmonni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F. Ermanov kutib oldi. Hokimlar muloqotni ikki tomon rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Muzokarada turizm, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Muloqot davomida o‘zaro hamkorlikda hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligi, ushbu tashrif Xorazm viloyati va Bolu shahri madaniyat xodimlari, ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalar rivojiga yangi sur’at baxsh etishi ta’kidlandi. Shuningdek, turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega ekanligimiz va bundan to‘la foydalanish, sayyohlar almashinuvini oshirish ulkan iqtisodiy samara berishi haqida ham hokimlar fikr almashishdi. Shundan so‘ng, Turkiyaning Bolu shahar hokimi Alaaddin Yilmaz va qadimiy Xiva shahrining hokimi Erkin Yoqubovlar madaniyat aloqalarini, turizm rivojlantirish va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir hujjat imzolashdi. Alaaddin Yilmaz va F. Ermanov ushbu hujjat Bolu va Xiva shaharlari o‘rtasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni boshlanishi deya ta’kidladilar. Hurmatli mehmon tashrifi doirasida Xiva shahrida ham bo‘ldi.