QALBLARDA MANGU QOLGAN NAVOLAR
Inson hayotini kuy-qo‘shiqsiz
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Katta-kichik anjumanlar, tadbirlar, to‘y-tomoshalarimiz, yaxshi
kunlarimizga san’atkorlarimiz xizmati o‘zgacha
fayz, zavqu shavq, mazmun bag‘ishlaydi.
Shu boisdan ham san’atsevar xalqimiz o‘zining boy milliy madaniy merosini hamisha qadrlab, ardoqlab kelgan. Xorazm musiqiy muhiti rivojiga betakror hissa qo‘shgan Muhammad Rahimxon Feruz o‘z zamonasida maqomlarning bebaho mulk, ulkan xazina ekani va ularni tiklash, yozib olish davlat ahamiyatiga ega ish sifatida qaragan. Maqomlarga muqaddas bisot, mulk deb qaralgani bois ularni buzib ijro etishga hech kimning haqi bo‘lmagan. Bilib-bilmay ijro qilganlar esa jazolangan. Bu esa san’atga bo‘lgan katta maonaviy munosabatning yorqin ifodasidir.
Feruz topshirig‘i bilan Komil Xorazmiy mug‘anniylar va musiqashunoslar (shu jumladan Komiljon Otaniyozovning otasi Otaniyoz oxunning bevosita ishtirokida) o‘n ikki maqomni notalashtirishni boshlashgan. Ammo, Muhammad Rahimxon vafotidan keyingi xonlik qilganlar davrlarida, afsuski, bu ish moliyalashtirilmagani va musiqashunoslar mablag‘ bilan taominlanmagani natijasida Xorazm maqomlari olti yarimligicha qolib ketgan.
Mumtoz musiqa san’ati yoqimli ovoz egasi bo‘lishdan tashqari, so‘z tanlay bilish, so‘zni mahorat bilan sozga uyg‘unlashtirib, talab darajasida ijro etishni taqozo qiladi. Bu g‘oyat murakkab ijodiy jarayondir. Ustoz san’atkorlar kichik, o‘rta va katta avjga chiqishda ham mahorat ko‘rsatganlar, ular ovozining kuchiga mos pardalar tanlay olganlar.
Maqomlar ijrosi professional malakaga
ega bo‘lgan navozandalarninggina qo‘lidan keladi. Bu g‘oyat katta mas’uliyat talab
qiladi: maqomning chertim va aytim yo‘llarini mukammal bilish va ijro etish, kuchli
va baland ovoz egasi bo‘lish kerak! Yana ovoz shirali, yoqimli bo‘lishi lozim. Shu
o‘rinda Komiljon Otaniyozov ijro etgan maqom yo‘nalishidagi barcha mumtoz qo‘shiqlar
el orasida tezda mashhur bo‘lib ketganligi, tinglovchilar qalbini, butun borlig‘ini
zabt etganligi bor gap.
Buning asosiy boisi – Komiljon aka bevosita san’atga daxldor muhitda o‘sib-ulg‘aygani, ustozlardan qunt bilan o‘rgangani. Komiljon
aka Xorazm mumtoz ashulalarini ijro etishda yigitlik paytidayoq peshqadam san’atkorlar
safidan mustahkam o‘rin oldi. San’atga baxshida umr esa el e’zozi va eotiborida. "Qo‘shiq umri poyindor"
deganlari ayni haqiqat.
Mustaqil
mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat,
milliy san’at va madaniyat rivojlanib, ulug‘ vatandoshlarimizning xotirasi, el-yurt
oldidagi xizmatlari yuksak qadr-qimmat topmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat
Mirziyoev tashabbuskorligi va rahnamoligida bu yil biz faxr bilan tilga olgan
taniqli san’atkor Komiljon Otaniyozov tavalludining yuz yilligi Respublikamiz
miqyosida keng nishonlanadi.
Komiljon
Otaniyozov yaratgan maktab haqida fikr yuritar ekanmiz, uning maqomlarga bo‘lgan
cheksiz mehri va ixlosi haqida to‘xtalmasdan bo‘lmaydi. Hofiz ko‘pgina maqomlarni
mukammal bilgan, avvalo har bir g‘azal matni so‘zlarini, mazmun-mohiyatini, mag‘zini
chuqur his qilgan va tushungan holda yod olgan. Uning maqom san’atini
rivojlantirish borasidagi xizmatlarini etuk musiqashunoslar yuksak baholaydilar.
Jumladan, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasining raisi, taniqli bastakor Rustam
Abdullaev bilan suhbatlashganimizda:
– Maqomlar juda
murakkab janr. Ularni ijro etishni barcha maqomchilar ham uddalay olmaydilar. Ammo
mumtoz navolarni Komiljon Otaniyozov yuksak darajada ijro etgan. Uning ovozi, aytishlari o‘ziga xos. U
maqomlarga yangi hayot baxsh etdi, – degan edi.
O‘zbekiston
Davlat konservatoriyasida yoshlarga saboq berib kelayotgan Matnazar Xudoynazarov o‘z ustozining mahorat
sirlari haqida to‘lqinlanib gapirdi:
– Komiljon
Otaniyozov dramatik tenor ovoziga ega hofiz edi.
Ayni chog‘da uning ovozi kuchli bo‘lishi bilan bir qatorda g‘oyat yoqimli,
shirali edi, eshitganlar maftun bo‘lardi. U Qurbonnazar Abdullaev – Bola baxshidan
xalq dostonlarini o‘rgandi. Dostonlardagi qo‘shiqlarni xalqqa yoqadigan qilib qayta
kuy bastaladi, kontsertbop qildi.
Komiljon akada bunday kuch bor edi. Uning ovozi baland va yoqimli edi.Ovozi
qiziganidan keyin ashula o‘zidan-o‘zi chiqaverardi. Ovoz paylari ochilib ketganidan
keyin u to‘rt-besh soatlab ashula aytaverardi.
Komiljon
Otaniyozov ijrosidagi ilohiy ohanglar tinglovchi qalbini mumday eritadi, ruhini
yuksaltiradi. Xalq dardini o‘z dardi deb bilgan buyuk hofiz maqomlarni kuylash
orqali xalqni go‘zallik olamiga olib kirib, ruhini ko‘tarishga intildi. Ayniqsa,
"Suvora"yu "Segoh"larni boshqacha mehr-muhabbat bilan
kuylaganini his qilasiz. Masalan, Navoiyning "Bir qadah may ichmadim sarvi
gulandomim bila" misrasi bilan boshlanadigan qo‘shiqni nihoyatda katta dard
bilan aytgan.
G‘azaldagi
"Bir qadah may ichmadim" so‘zida tilga olingan may, bodani
ichkilikbozlik targ‘iboti deb tushunmaslik kerak. Mutlaqo! Holbuki, Komiljondan
qusur axtargan aqli noqislar yo tushunmaganidan, yoki tushunsa-da, maxsus ravishda
unga shunday "ayb" ham qo‘yganlar. Klassik she’riyatimizda
"may" poetik obraz bo‘lib, o‘zlikdan kechish, g‘amdan forig‘ bo‘lib, shod-u
xurramlikka, yor vasliga etishish ramzidir. Aslida oshiqni mast qiladigan narsa –
bu may emas, yor. Yaoni Ollohning lutfi-karami, marhamatidir.
Komiljon otasi
Otaniyoz oxun, ustozlari taosirotida
hamda klassik adabiyot maonolarini teran anglashi tufayli tasavvuf ilmidan
bahramand bo‘lgan. Bu ilm esa adolatsizlikka, zulmga qarshi norozilik harakati
sifatida maydonga chiqqan. Klassik adabiyotimizning ko‘pgina ulug‘ namoyandalari
uchun tasavvuf zamona adolatsizliklaridan norozilikni ifodalash vositasi bo‘lgan.
Sevgan kishi pokizalanadi, olamga ezgulik
ko‘zi bilan qaraydi, yaxshilik peshida bo‘ladi. G‘aflat
bosgan kishilar esa ishqni anglamaydi. Chunki ular Ollohning emas, nafsining,
jaholatning qulidir.
Ulug‘ san’atkorimizga
ishqi ilohiyni zavq va mehr-ixlos bilan kuylashida Navoiy, Munis, Ogahiy, Feruz,
Mashrab, Niyoziy, Partav kabi ulug‘ shoirlarning she’rlari qanot bo‘ldi. Mashrabning
"Ko‘rdum yuzingni devona bo‘ldim" misrasi bilan boshlanadigan g‘azalidagi:
Yumdum
ko‘zumni sendin bo‘lakdin,
Kechtim,
boridin begona bo‘ldum,
yoki:
Hamdu
sanolar aytay xudoga,
Yorga
etar kun bormu, yoronlar...
kabi satrlari
botinidagi Olloh ishqini Komiljon teran tushunar va avj pardalarda kuylar edi. Buning uchun taona-yu
dashnomlar eshitdi, tazyiqlarga duchor bo‘ldi. Komiljon aka Xislatning
"Naylaram" she’ridagi "Men yuribman ishqida taona malomatlar bilan,
ko‘zlarimdan yosh to‘kib, ohu nadomatlar bilan" misralariga urg‘u berib
kuylagani bejiz emas.
Komiljon
Otaniyozov, uning shogirdlari, izdoshlari ijro etgan maqomlarda Olloh ishqida yongan
oshiq dardlari bayon etilgan. Misol tariqasida, Devoniy so‘zi bilan "Ko‘nglum
ul guldin bo‘lak bir lahza jonon istamas, jon berib jononin istaydur, vale jon
istamas" satrlari bilan boshlanadigan "Sabo" ashulasi mag‘zida
Olloh ishqi yashiringandir. Bilingizki, ishq o‘tida o‘rtangan oshiqqa jononi bo‘lsa
bas, unga jonining ham keragi yo‘q. El o‘z jarohatlari uchun malham istaydi, lekin
oshiq yuragi qonga to‘lgan bo‘lsa-da, davo istamaydi. U soqiydan may emas, olov
to‘la jom berishini o‘tinadi, chunki uning uchun ishq aro kuymoqdan o‘zga orzu-armon
yo‘qdir. Oshiq ishq azobida ming bor o‘lib-tirilgan, ammo u bundan zinhor pushaymon
qilmaydi. Ishqi ilohiy uqubatlariga bardosh berish uchun iroda, matonat kerak. Ishqi
ilohiydan suv ichgan tuproqdan ezgulik, ishq daraxti unib chiqib, meva berishini
kutish uchun sabr kerak. Hofizning Mashrab so‘zlari bilan aytgan qo‘shig‘ida zikr
etilganidek "Sabr kerak balosig‘a, rizo kerak qazosig‘a..."
Komiljon akaning
boshqa ashulalarida ham ishqi ilohiy uqubatlariga bardosh berish uchun iroda, sabr,
matonat kerakligi uqtiriladi.
Komiljon
Otaniyozov "Suvora"lar, "Segoh"lar, bosh-qa maqomlar ijrosida
ham yangiliklar qildi. Uning ustozlari, salaflari, jumladan Matpano ota,
Hojixonlar maqomlarni og‘ir yo‘llarda vazmin, sokin ohanglarda ijro etganlar…
Matnazar Xudoynazarov aytganiday, Komiljon aka ustozlaridan o‘rgangan
maqomlariga ijodiy yondashdi, ularni yangiladi, naqshlar, pauzalar
bilan boyitdi. Salaflar ijrosida pauzalar faqat misralar orasida sezilsa,
Komiljon aka ijrosida satr ichidagi so‘zlar orasiga ham pauzalar kiritdi, kuyni
"tezlashtirdi". Bu o‘zgarish haqida Hojixon Boltaev: "Biz ohista,
bir-bir qadam tashlar edik, Komiljon otni yo‘rg‘alatdi, hozirgilar bo‘lsa,
yugurtiradigan bo‘ldi", degan ekan. Bu yangiliklar natijasida maqomlar oddiy
tinglovchilar ham tushunadigan darajaga keldi, o‘zgarishlar xalqqa manzur bo‘ldi.
Komiljon
Otaniyozovning o‘zi oltita "Suvora"ni yozgan. Shuningdek, u ijrosi 12-18
minutga boradigan muxammaslarni, jumladan har bir bandi 5 misradan iborat 9
bandlik "Qaro shomlar" ashulasini (Komil Xorazmiy she’ri) baland
pardalarda kuylash qudratiga ega bo‘lgan, yuragi baquvvat san’atkor edi. Avjlari
3-5 minutgacha boradigan bunday zalvorli ashulalarni ijro etish yurakka yuk bo‘lib
tushishini qayd qilishadi. Komiljonning yuragi baquvvat bo‘lgan, shuning uchun ham u
to‘rt-besh soatlab ashula ayta olardi. Ortiq Otajonov ustozining so‘nggi kunlarini
eslar ekan, hofizni davolagan mashhur kardiolog Katsenovichning "Komiljonning
ko‘p aozolari xasta bo‘lsa-da, yuragi baquvvat ekan, bunday quvvatli yurak
kamdan-kam odamda bo‘ladi", degan gaplarini eslaydi. Ilohiy ashulalarni ijro
etish uchun ilohiy kuch kerak. Olloh Komiljonni ayni ana shu ilohiy kuch bilan
siylagan. Uning ilohiy ashulalarini eshitgan tinglovchi dardiga malham topadi.
Xususan, "Xorazm Segohi"ni eshitar ekansiz, bu ilohiy kuchni ich-ichdan
his qilasiz. "Segoh"ni o‘z maromida va tinglovchini jalb etadigan
holatda ijro etish uncha-muncha xonandaning qo‘lidan keladigan ish emas. Komiljon
ijrosida dardnok, g‘amboda qilib aytilgan bu qo‘shiq yurak-yuragingizga borib etadi:
Xolu xating xayolidin, ey sarvi gulouzor,
Gohi ko‘zimga xol tushubtur, gahi g‘ubor...
Ashula ana shu
so‘zlar asnosida zalvorli kuy bilan boshlanadi. Qo‘shiq bandlari kuyga monand
salobatli yangraydi. Og‘ir
"qadamlar" bilan boshlangan ohang ijro davomida balandlasha boradi.
"Jonimni o‘rtagan" so‘zlarida o‘rtacha daromadga chiqilgan. "Har dam
ko‘ngul"ga kelganida daromad yuksalgan va so‘ng hofiz avj nuqtaga chiqqan.
"Miskin Navoiy" so‘zlaridan ke-yin ashula yana ohista ohanglarda
yakunlanadi. E’tibor berilsa ashula ijrosida asl matnda bo‘lmagan
"jo-o-onay, bedard yo-o-orimay, hayroningman" kabi undalmalar
uchraydi. Hofiz bularni qo‘shishga haqli ekanligini oldindan qalban his qilgan,
tushungan. Shuning uchun ham Komiljon
ijrosida "Segoh"dagi so‘z va soz, ovoz uyg‘unligi tinglovchini maftun
etadi, ruhiga orom beradi. Mashhur hofiz
haqidagi filpm-kontsert ham aynan ana shu qo‘shiq bilan boshlanishi bejiz emas. Ustoz
talqinidagi bu qo‘shiq qo‘liga yaxshi niyat bilan tor olgan har bir xonandani el
nazaridan o‘tkazadi, desak xato bo‘lmas. Ayniqsa, Otajon Xudoyshukurov, Ortiq
Otajonov, Bobomurod Hamdamov, "nevara" shogirdlaridan Rahmatjon
Qurbonov, Farhod Davlatovlar mashhur ustozi izidan borib, "Segoh"ni
o‘zlariga yarasha avj nuqtalariga etkazib ijro qilganlari uchun xalq muhabbatiga
sazovor bo‘lishdi.
Xulosa qilib
aytish mumkinki, Komiljon Otaniyozov yurakdan jo‘shib kuylagan ashulalari bilan
millati, xalqi shaonini, qadr-qimmatini ulug‘ladi. Dunyoga tanitdi. U ishq yo‘lini istiqbol yo‘li deb bildi. Yor va diyorni, Vatanga bo‘lgan
mehr-muhabbatni, ilohiy ishqni dildan kuyladi.
Shuning uchun ham xalq bu yo‘sindagi ashulalarni jon qulog‘i bilan eshitdi va
"Qo‘shsohil bulbuli" deya eotirof etilgan Komiljon Otaniyozovning oltin
merosini hamon sevib, jon-u dildan tinglashmoqda. Hali qancha asrlar, zamonlararo
buyuk hofiz qo‘shiqlari to‘y-bazmlar, tantanalar, anjumanlarga ziynat, zavq,
hikmatlar bag‘ishlashiga shak-shubha yo‘q.
Boboxon
MUHAMMAD ShARIF,
adabiyotshunos.
"Xorazm haqiqati" gazetasi,
2017 yil 12 aprel №29