Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



PROFILAKTIKA TADBIRLARI SAMARA BERMOQDA
23.06.2018

Ayni kunda Xorazm viloyatining barcha hududdarida davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar asosiy e’tibor noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga huquqiy yordam berish orqali ularni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik sohasida qonuniy faoliyat yuritishlariga amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilmoqda. Xorazm viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning navbatdagisi Urganch tumanida tashkil etildi. Unda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarda soliq to‘lash madaniyatini shakllantirish, o‘z faoliyatini belgilangan tartib qoidalar asosida qonuniy tarzda tashkil etish hamda soliq sohasida huquqbuzarliklarni oldini olish masalalariga asosiy e’tibor berildi. Tadbirda tuman hududida hech qanday rasmiy hujjatlarsiz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan fuqarolar hamda norasmiy yollanma ishchilar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga har qanday huquqbuzarlik uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi. Urganch tumani Chakkasholikor qishlog‘ining “Beshayvon” mahallasida joylashgan Ulgurji savdo sanoat mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli umumiy ovqatlanish shahobchasi 1999 yildan buyon aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu jamiyat bugun tadbirkorlik sohasida o‘z o‘rniga ega. Shahobcha ishchi xodimlari bilan olib borilgan suhbat jarayonida bu yerda jami 20 nafar ishchi-xizmatchilar faoliyat yuritayotganligi, lekin ularning aksariyati qo‘l haqi evaziga norasmiy ishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Soliq xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida korxona ishchilaridan 5 nafarining faoliyati qonuniylashtiril va ularga mehnat daftarchasi ochildi. Bu kabi sa’y harakatlardan korxona rahbari va unda faoliyat yuritib kelayotgan ishchi xizmatchilar ham mamnun bo‘ldi. - Bir necha yillardan buyon tuman aholisi uchun umumiy ovqatlanish shahobchasi orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqdamiz. Korxonamizda haqiqatan ham norasmiy yollanma ishchilar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Bugun Urganch tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining huquqiy maslahatlari bilan 5 nafar ishchimizning faoliyatini rasmiylashtirdik. Kelajakda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanib, o‘z faoliyatimizni yanada kengaytirishni, kollej bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilganmiz, - deydi korxona rahbari Ruslan Abdulazizov. Soliq xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida korxona ishchilariga yaratilgan sharoitlar va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shu o‘rinda bir necha oylardan buyon qo‘l haqi evaziga norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan va soliq xizmati xodimlarining amaliy ko‘magi bilan shu kunning o‘zida mehnat daftarchasiga ega bo‘lgan Navro‘z Abdulazizovning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdik. - Kollejni tugatib, shu yerda ish boshladim. Lekin bugungi kunga qadar qo‘l haqi evaziga ishlab kelayotgan edim. Bugun o‘zim ishlab kelayotgan shahobcha bilan mehnat shartnomasi tuzib, rasmiy ishga qabul qilindim. Endilikda mehnat stajiga ega bo‘laman, oilaviy daromadim ham aniq bo‘ladi. Bu kabi tadbirlar biz yoshlar uchun yana bir imkoniyat deb o‘ylayman. Oylik daromadim orqali soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, davlatimiz budjetiga o‘z hissamni qo‘shish asosiy burchimdir, - deydi korxona ishchisi Navro‘z Abdulazizov. Shu kunning o‘zida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Urganch tumani “G‘alaba” qishlog‘ida mebel ishlab chiqarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan fuqaro Bahodir Abdullayev bilan ham profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Tadbir davomida ushbu fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e’tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub’ekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi belgilab qo‘yilganligi haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida Bahodir Abdullayev Urganch tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining amaliy ko‘magi bilan “Davlat xizmatlari markazi”ning Urganch tumani sayyor shtabida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi va o‘z faoliyatini qonuniylashtirdi. – Tadbirkorlikni boshlaganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q, – deydi B.Abdullayev. – To‘g‘risi, tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan qanday o‘tish va soliq to‘lovlari haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligim sababli ishni nimadan boshlash kerakligini bilmay yurgandim. Tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbat jarayonida ular menga tadbirkorlik bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni tushuntirishdi. Shundan so‘ng “Davlat xizmatlari” markazining tuman bo‘limi orqali tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyatimni qonuniylashtirib qo‘ydim. Endi faoliyatimni yanada kengaytirib, xalqimizga zamonaviy mebel mahsulotlarini yetkazib berishni maqsad qildim. Urganch tumani “Yuqoribog‘” qishlog‘i “Jayhun” mahallasida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Sharofaddin Yo‘ldoshev ham ishlab chiqarish borasida o‘z tajribasiga ega. U o‘tgan yildan buyon 3 nafar ishchi bilan hom g‘isht ishlab chiqarish faoliyatni yo‘lga qo‘ygan. Lekin bugungi kunga qadar mazkur ishchilarning 2 nafari hech qanday hujjjatlarsiz qo‘l haqi evaziga ishlab kelishgan. Ushbu tadbirkor bilan o‘zkazilgan suhbat jarayonida soliq xizmati xodimlari tomonidan 2 nafar yollanma ishchining faoliyatini qonuniylashtirib, ularga mehnat daftarchasi rasmiylashtirdi. Ta’kidlash lozim, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi “Mahalliy budjetning daromadlari bazasini kengaytirish zahiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatda soliq xizmati xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xorazm viloyati davlat soliq boshqamasi va uning hududiy davlat soliq inspeksiyalari tashabbusi bilan viloyatimizning barcha hududlarida joylashgan korxona va tashkilotlar, mahallalar, dehqon bozorlari hamda savdo komplekslarida fuqarolar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar, profilaktik suhbatlar joylarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda o‘z samarasini bermoqda. – Urganch tumanida olib borilayotgan profilaktika tadbirlari natijasida hududda tadbirkorlik faoliyatlari bilan bog‘liq qonunbuzilishlari kamayishiga erishilmoqda. Targ‘ibot tadbirlari davomida joriy yilning o‘tgan davrida tuman “Davlat xizmatlari markazi” sayor shtabi tomonidan 663 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shu bilan birgan 102 nafar tadbirkorning faoliyat turi amaldagi faoliyatlariga moslashtirildi. 247 nafar yollanma ishchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, ularning doimiy bandligi ta’minlandi. Faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan 857 nafar tadbirkorlarga ko‘maklashish evaziga esa ular o‘z faoliyatini qayta tikladi. Natijada joriy yilning o‘tgan davrida mahalliy budjetga qo‘shimcha ravishda 650 million so‘mdan ortiq mablag‘ tushishi ta’minlandi. Ta’kidlash lozim, tumanda madaniyatli soliq to‘lovchilar va tadbirkorlarning soni tobora ortib bormoqda, - deydi Urganch tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i v.b. G‘ayrat Bekchanov Bir so‘z bilan aytganda, adolat va qonuniylik – xalq va mamlakat xotirjamligining asosi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad jamiyatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, tadbirkorlik sohasini rivojlantirish orqali, hududlarni ijtimoiy iqtisodiy sharoitini yaxshilashdan iborat. Ana shu maqsadda soliq xizmati xodimlari tomonidan tashkil etilayogan profilaktik suhbatlar ham davlat budjetning daromadlar bazasini oshirishda, yangi ish o‘rinlarini yaratishda, soliq sohasida huquqbuzarliklarni oldini olishda hamda qo‘shimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy budjetlarning daromadlarini yanada yaxshilashda o‘z samarasini bermoqda.

Dilrabo KURYAZOVA