Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



PREZIDENT FARMONLARI AMALDA
25.09.2017

PREZIDENT FARMONLARI AMALDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yilning 12-yanvar kuni imzolangan "Urgut”, "G‘ijduvon”, "Qo‘qon” va "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida” PF-4931-sonli Farmonga asosan Xorazm viloyatining Hazorasp tumani Pitnak shahrida "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi tashkil qilindi.

-Xorazm viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;

-meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

-mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish Xorazm viloyatida erkin iqtisodiy zonani tashkil qilishdan asosiy maqsaddir.

Bugungi kunda iqtisodiy zonaning er maydoni 414 gektarni tashkil qiladi.

Erkin iqtisodiy zonada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va xalqaro darajada markirovka qilish, eksportga yo‘naltirish bo‘yicha "Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi” DK tomonidan ilmiy ishlab chiqarish markazi tashkil qilindi.

"Hazorasp” EIZga biriktirilgan "Asaka bank” Hazorasp filiali 2017 yil sentyabr oyi yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Iqtisodiy zonaga kommunikatsiya tizimlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

"Hazorasp” erkin iqtisodiy zona hududida 87,5 mln. dollarga teng jami 35 ta loyiha amalga oshirish belgilab olindi.

Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida kir yuvish mashinalari, bir martalik meditsina qo‘lqoplari, changyutkich (pelesos), "Damas” va "Labo” avtomashinalari uchun extiyot qismlari kabi eksportbob, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar va yuqori qo‘shilgan qiymatli trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishi, 6,2 mln. dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi hamda 1708 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kungacha "Hazorasp” EIZ direktsiyasiga jami 16 tatadbirkorlik sub’ektlari tomonidan investitsiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar taqdim qilingan bo‘lib, shulardan 9 tasi erkin iqtisodiy zonalar Ma’muriy kengashining 2016 yil 6 iyuldagi
5-sonli bayoni bilan ijobiy xulosalar asosida tasdiqlangan.

Ushbu korxonalar tomonidan 2018 yilda 4,7 mln. dollarlik, 2019 yilda 6,6 mln. dollarlik va 2020 yilda 7,6 mln. dollarlik mahsulotlar eksportga chiqarilishi ta’minlanadi.

1."Pitnak Panel” MChJ QK (Xitoy davlati bilan QK) tomonidan
3,6 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga sendvich panellar chiqarish loyihasi; (70 ta yangi ish o‘rni)

2."Uz Koram-Ko” MChJ tomonidan 6,0 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga "Damas” va "Labo” avtomashinalarining extiyot qismlarini (bamper, panel priborlar) ishlab chiqarish loyihasi;
(35 ta yangi ish o‘rni)

3."UzERAE Klimet Kontrol” MChJ QK (Koreya davlati bilan) tomonidan 1,7 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga "Damas” va "Labo” avtomashinalarining issitish va sovutish tizimlarini ishlab chiqarish loyihasi; (16 ta yangi ish o‘rni)

4."Hazorasp maishiy texsoz savdo” MChJ tomonidan 1,0 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga 2 xil turdagi kir yuvush mashinalarini ishlab chiqarish loyihasi; (17 ta yangi ish o‘rni)

5."Nur Muxammad Islom Obod” MChJ tomonidan 2,1 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga bir martalik meditsina perchatkalarini ishlab chiqarish loyihasi; (45 ta yangi ish o‘rni) (110-son qarorga kiritilmagan loyiha)

6."Umid Sanoat Servis” MChJ tomonidan 415,0 ming dollar investitsiya kiritish hisobiga oyoq-kiyimlari ishlab chiqarish loyihasi; (10 ta yangi ish o‘rni) (110-son qarorga kiritilmagan loyiha)

7."Nyu Best Stayl” MChJ (Rossiya) tomonidan 5,6 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga oboy (gul qog‘oz) va oboy kleyi (gulqog‘oz kleyi)ni ishlab chiqarish loyihasi. (40 ta yangi ish o‘rni) (110-son qarorga kiritilmagan loyiha)

8."Xorazm go‘sht invest” MChJ tomonidan 300,0 ming dollar investitsiya kiritish hisobiga sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish loyihasi;
(17 ta yangi ish o‘rni) (110-son qarorga kiritilgan loyiha)

9."Hazorasp Shavkat tekstil” MChJ tomonidan 1,0 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga to‘qimachilik mahsulotlarini (erkaklar va ayollar paypoqlari) ishlab chiqarish loyihasi; (47 ta yangi ish o‘rni)

"Pitnak panel” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi (Xitoy) tomonidan "Sanoatqurilishbank” viloyat filiali balansida bo‘lgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan eski "Hazorasp Ruf” MChJning binosi
2,6 mld. so‘mga sotib olinib, ushbu bino negizida 3,6 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga sendvich panellarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, bugungi kungacha korxona tomonidan 1,3 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar (Xitoy tomonidan) jalb qilindi. Joriy yilning sentyabr oyida mazkur qo‘shma korxona tomonidan dastlabki mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, "Xorazm go‘sht invest” MChJ tomonidan 300,0 ming dollar investitsiya kiritish hisobiga sut mahsulotlarini qayta ishlash (sыr ishlab chiqarish) loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda "nol” xarid qiymatida tugullanmagan bino-inshootlar sotib olinishi ta’minlanib, ushbu korxona ham 2017 yilning o‘zida foydalanishga topshiriladi.

Anvar Davletov,

"Hazorasp” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi”

davlat unitar korxonasi direktori