Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



«PREZIDENT ARCHASI» BOLAJONLARGA QUVONCH, SHODLIK BAG‘ISHLADI
03.01.2017

«PREZIDENT ARCHASI» BOLAJONLARGA QUVONCH, SHODLIK BAG‘ISHLADI

Yurtimizda yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. O‘quv va amaliyot mashg‘ulotlarini yuksak saviyada o‘tkazish uchun zamonaviy axborot-texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan sinf xonalari, axborot-resurs markazlari, sport va ijodiyot maskanlari farzandlarimiz ixtiyorida. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolajonlarga ta’lim-tarbiya berish uchun mehribon tarbiyachilar ular atrofida kecha-yu kunduz parvona bo‘lishmoqda.

«Sog‘lom ona va bola yili»da ta’lim tizimi faoliyati yanada takomillashdi. Bolalarning sog‘ligini mustahkamlash, salomatligini tiklash maqsadida amaliy ishlar izchil olib borildi. Bugun bolalarning fan, musiqa, sport va boshqa yo‘nalishlarda viloyat, respublika, xalqaro tanlovlarda, turli musobaqalarda erishayotgan yutuqlari qalblarga iftixor, g‘urur bag‘ishlaydi.

Davlatimiz tomonidan har bir bolaning orzu, istaklari amalga oshishi uchun doimo e’tibor qaratib kelinmoqda.

Yangi yil bayramini bolajonlar bu yil ham quvonch bilan kutib oldilar. 2016-yil 29-dekabr kuni Xorazm viloyati musiqali drama teatrida o‘tkazilgan «Prezident archasi» tadbirlari bolajonlarga atalgan musiqali bayram dasturlari bilan boshlandi. Yorqin iste’dod egalari, o‘g‘il-qizlar ona-Vatan, tinchlik, bolalikni tarannum etishdi.

Bayram tadbirida Xiva tumanidagi Bolalar shaharchasi, «SOS-bolalar mahallalari», Urganch tumanidagi «Oilaviy bolalar uyi» tarbiyalanuvchilari, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ishtirok qildilar.

Viloyat hokimi P.Bobojonov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan qutladi.

Bayram ishtirokchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.

Kamronjon Boltaev, Hayot Suyunov, Ortiqboy Qodirov, Feruza Matmurotovalar Urganch tumanidagi «Oilaviy bolalar uyi» tarbiyalanuvchilari. Ularning chehrasida tabassum, shodlik.

-Prezidentimiz sovg‘asini oldik. Quvonchimiz cheksiz. Bizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni har daqiqa his qilmoqdamiz, - deydi Feruza. – Mana, tengdoshlarimiz bilan birga qo‘shiq aytib raqsga tushmoqdamiz.

Xiva tumanidagi Bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan Mohichehra Shonazarova, Hayotbek Bekchanovlar ham o‘z taassurotlarini sevinib izhor etishdi.

– «Prezident archasi»ni doimo orziqib kutamiz. Bayram tadbirida Prezidentimiz sovg‘asini oldik. Archa atrofida she’r aytib, yangidan do‘stlar ham orttirdik. shirin sharbatlar, mevalar, shokoladlarni lazzatlanib iste’mol qildik, - deydi Mohichehra.

Ha, Prezident sovg‘alarini olgan bolalarning quvonchi bir olam edi. Xorazm viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan namoyish etilgan Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan spektaklni bolajonlar katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Qorbobo va Qorqiz, sevimli ertaklar qahramonlarining sarguzashtlari, bir-biridan sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlar bolajonlarga zavq-shavq ulashdi.


"Xorazm haqiqati" gazetasi,

2017-yil 1-yanvar №1.