Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Payshanba-huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
22.12.2017

Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash maqsadida haftaning har payshanba kuni joylarda profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tahlillar mazkur tadbirlar doirasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani, sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan keskin kamayganini ko‘rsatmoqda.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi belgilanib, tegishli ”Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi, ,-deydi Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i,podpolkovnik Sardor Rahimov.- Huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va bunga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida hududiy sektorlar rahbarlarining mas’uliyati oshirildi.Ushbu tadbirlar doirasida 160 mingta bukletlar tayyorlanib aholiga tarqatildi, 1000 dan ortiq bannerlar ko‘cha va xiyobonlarga ilib qo‘yildi.Mahalliy televidenieda "102 vaqti” ko‘rsatuvi tashkil qilindi. Jinoyat sodir qilishga moyil bo‘lgan 8719 nafar shaxslarning turmush tarzi o‘rganilib,profilaktik-ogohlantiruv ishlari o‘tkazildi.Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilning 10 oyi davomida viloyatda umumiy jinoyatchilik ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamayishiga erishildi.Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatdagi 198 ta yoki mavjud mahallalarning 40 foizida birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Viloyatda huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlari doirasida amalga oshirilgan e’tiborga molik yangiliklardan biri – "Jamoatchilik nazorati” maskanlarining tashkil qilinishi bo‘ldi. Xorazm viloyati hokimining 2017 yil 26 maydagi qarori bilan "Fuqarolar yig‘ini qoshida "Jamoatchilik nazorati” maskanini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Shu asosda 496 ta mahallalarning 442 tasida "Jamoatchilik nazorati” maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har kuni ming nafardan ortiq mahalla vakillari ushbu tadbirga jalb qilinmoqda.

Jinoyatlarning 53,6 foizi tungi vaqtlarda sodir etilayotganini inobatga olib huquq-tartibot idoralari, keng jamoatchilik vakillari, Yoshlar ittifoqi tashkiloti faollari bilan hamkorlikda "Tun” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.Ushbu tadbirning samaradorligini va unga jalb qilingan xodimlarning mas’uliyatini oshirish maqsadida Yoshlar ittifoqi tashkilotining 540 nafar a’zolari maxsus kiyim-bosh, 370 ta avtomashinalar esa mayoqchalar bilan ta’minlandi. .

Viloyatda 120 nafar profilaktika inspektorlarining xizmat uylari hamda imtiyozli kredit asosida engil avtomashinalar bilan ta’minlanishi ularning zimmalaridagi vazifalarni yanada samarali bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratdi.Bu ham mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni, ogohlik va hushyorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘layotir.

Xorazm viloyatidagi tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish,shuningdek ekologik va tibbiy turizm yo‘nalishlarida har yili 50 mingga yaqin xorijiy va 665 ming atrofida mahalliy sayyohlar vohaga tashrif buyuradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrda qabul qilingan "Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida amalga oshirilayotgan "Xavfsiz turizm” kontseptsiyasi dam oluvchilarning xavfsizligini kafolatlash, sayyohlik namoyishi ob’ektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlashni nazarda tutadi.Shu maqsadda Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasini tuzilib,unda yuqori malakali hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar faoliyat olib boradi. Shuningdek Xiva shahrining aholi gavjum joylari,mehmonxonalar,ko‘cha va xiyobonlarga 215 ta videokuzatuv kameralarini o‘rnatish loyihasi amalga oshiriladi.

Joriy yilning 25 noyabridan 25 dekabrigacha "Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” shiori ostida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash oyligi o‘tkazilmoqda.Ushbu oylik doirasida mahallalarda,mehnat jamoalarida, o‘quv maskanlarida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlarida jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat, tinchlik-osoyishtalik va totuvlikni saqlash umuminsoniy qadriyatlarimizning asosi ekanligi ta’kidlanib,ayniqsa yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mahalla faollari,keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu sa’y-harakatlar viloyatni jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirishga xizmat qiladi.

Odilbek Odamboev,

"Xalq so‘zi” muxbiri