Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



PAHLAVON MAHMUD MAQBARASI
14.11.2015

   Xivada tabarruk qadamjolar ko‘p. Ulardan biri qadim qal’aning “Ichon-Qal’a”sida joylashgan Pahlavon Mahmud maqbarasidir. Maqbara XIV asrda qurilgan. Unda buyuk faylasuf shoir, kuragi yerga tegmagan pahlavon, mohir hunarmand, elparvar inson - Pahlavon Mahmud (1247-1326) jasadi ko‘milgan.
   Pahlavon Mahmud maqbarasi vaqt o‘tishi bilan ko‘pgina hukmdorlar tomonidan aziz sanalib obod qilingan. Maqbarada Abulg‘ozixon, Anushaxon va Arangxonlarning qabri borligi, ular hukmdorlik qilgan davrlarida ham shoir qabri obod bo‘lganligidan dalolat beradi. 1701-1702 yillarda Xiva xoni Shohniyozxon maqbarani yangidan quradi, bu davrdan maqbaraga kiraverishdagi eshik yodgor qolgan. Turunch, madohil va boshqa islimiy gullar bilan bezatilgan, eshikda Qur’on oyati, Hadis va she’riy tarixlar bitilgan.
   “Xasta dillarni duolarini mustajob qilguvchi bu nurli bino Shax Niyozxon tomonidan 1702 yilda ta’mirlanib quduq ham qazilgan. Uning o‘zi ham shu joyga dafn qilingan. O‘ymakor usta Nodir Muhammad”.
   Katta xonaqoni (balandligi 25 metrlik) tepasiga ustalar islimiy naqshlar bilan birga, bezak orasidagi kitoblarga Pahlavon Mahmudning 22 ta ruboiysi, ustalarning ismlari, hadislarni, tarixlarni o‘zi ijod qil¬gan fors tilida bitganlar. Bundan tashqari qabrxonaga kiraverishdagi eshik tepasiga shoirning hayotda mardlarga ergashish, nomardlardan uzoqda yurish haqidagi ushbu ruboiysi fors tilida maqbarada mangu makon topgan ulug‘ zot buyuk siymo Pahlavon Mahmud 1247 yilda Xiva shahrida pustindo‘z hunarmand oilasida tug‘ilgan. Yoshlik yillarida ota kasbi po‘stindo‘zlik bilan shug‘ullangan, so‘ngra xat-savod chiqarib, buyuk shoir-faylasuf darajasiga erishgan. U juda zabardast pahlavon bo‘lib, 79 yillik hayotida biron marta kuragi erga tegmagan. Pahlavon Mahmud haqida ko‘plab rivoyatlar saqlanib qolgan: “Xorazmshohlar poytaxti Gurganch mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingandan keyin, uning aholisi har tomonga tarqalib ketgan. Shu jumladan, Pahlavon Mahmudning onasi ham homilador holida Xiva atrofiga yetib kelib, hozirgi Qiyot qishlog‘ida o‘g‘il tuqqan. Bu bola 15 yoshga yetgach mard kurashchi, mashhur pahlavon bo‘lib nom chiqargan. U uzoq mamlakatdagi bir podshoni zo‘r pahlavonlarini yenggan. Podsho xivalik pahlavonning kuchiga qoyil qolib unga “Senga nima kerak bo‘lsa so‘ragin” - debdi. Pahlavon Mahmud podshoga: - Menga bir ho‘kizni xomi (terisi) ga siqqan vatandoshlarimni ozod qilib bering”, deb javob qilibdi. Podsho rozi bo‘libdi va ho‘kiz terisini keltirishini buyuribdi. Pahlavon Mahmud teridan ingichka tasmalar yasab, bir-biriga ulab, uzun kamar yetguncha odamlarni olib Xivaga qaytgan, o‘zi bilan qaytib kelgan odamlarni shahar tashqarisidagi “Shixlar” qishlog‘iga joylashtirgan. Hozirgi vaqtgacha qishloq aholisining ko‘pchiligi 1920 yilgacha bo‘lgan davrda Pahlavon Mahmud maqbarasida xizmatda bo‘lgan deb aytishadi. Donishmand va elparvar insonni zamonasini ilg‘or va hurfikr olimi, katta iste’dod va zakovat egasi, shoirlik mushohadasi jihatidan “Xorazm Xayyomi” deb atashgan.
   Pahlavon Mahmud maqbarasini sayyohlap zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishadi. Yangi oila qurayotgan yosh kelin- kuyovlar yaxshi niyatlar bilan maqbarani ziyorat qilishlari odat tusiga kirgan.

M.ABDURASULOV,
“Ichon-Qa’la” divlat muzey-qo‘riqxonasi
Viloyat hokimligining axborot xizmati