Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI KOMILJON OTANIYOZOVNING BARHAYOT QO‘SHIQLARI KO‘RIK-TANLOVI BO‘LIB O‘TDI
14.08.2017

O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI KOMILJON OTANIYOZOVNING BARHAYOT QO‘SHIQLARI KO‘RIK-TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Yurtimizning maftunkorligini, uning betakrorligini, yuksak insoniy tuyg‘ularini jo‘shqinlik bilan kuylagan O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludiga 100 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda ustoz san’atkorning porloq xotirasiga bag‘ishlab turli tadbirlar, ko‘rik-tanlov va xotira kechalari uyushtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-fevraldagi "O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 20-son bayoni va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017-yil 9-martdagi "O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining bayoni ijrosi to‘g‘risida”gi 23-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-yilning 12-avgust kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi K.Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Xorazm lazgisi, maqom va suvoralari, doston va xalq qo‘shiqlarining mohir ijrochisi, o‘zbek milliy mumtoz qo‘shiqchilik san’atida o‘ziga xos ijrochilik maktabini yaratgan buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozovning ulkan ijodiy uslubini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, uning boy madaniy merosiga ehtirom ko‘rsatish, baland pardalarda kuylagan Segoh, Dugoh, Feruz, Suvora hamda boshqa ashula va qo‘shiqlarini ijro eta oladigan yosh iste’dod sohiblarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tanlovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 50 nafarga yaqin san’atkor tashrif buyurdi.

Qatnashchilarning ijrochilik mahoratini O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari va san’at sohasining taniqli mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi.

- Bugun niyatlarimiz ijobat bo‘lib turibdi, - deydi ko‘rik-tanlovning hakamlar hay’ati raisi, O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov. -Ya’ni, sevimli ustozimiz tug‘ilib o‘sgan zaminda ustozimizning qo‘shiqlari yangramoqda. Tanlov ishtirokchilari musiqani ham, ashulani ham jonli ijro etishmoqda. Ochig‘i, bundan tomoshabinlar zavq olishayotir. Vaholanki, xalqimiz jonli ijroning qadriga etadigan insonlar sirasiga kiradi. Kezi kelganda aytib o‘tish joizki, ko‘rik-tanlov jarayonida ko‘plab iqtidorli yoshlar ko‘zga tashlandi. Kelgusida ular orasida etuk san’atkorlar etishib chiqishiga ishonchim komil. Asosiysi, bugun ustozimizning xotirasini eslab, uning ruhini shod etayotganimizdan benihoya mamnunmiz.

Tanlovda ishtirok etgan san’atkorlar Komiljon Otaniyozovning barhayot qo‘shiqlari, dilbar navolarini maromiga etkazib kuylashdi. Buning barobarida, madaniyat va istirohat bog‘iga yig‘ilgan yuzlab hamyurtlarimizga olam-olam sevinch ulashishdi.

Nufuzli hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, birinchi o‘ringa xorazmlik Nabijon Xudoyberganov sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Toshkent shahridan O‘ktam Ahmedov va xorazmlik Sharof Matchanovga nasib etdi. Faxrli uchinchi o‘rinni Qashqadaryo viloyatidan aka-uka — 13 yoshli Kamoliddin va 10 yoshli Jamoliddin Quttiyevlar hamda xorazmlik Artur Ozodov va Bektosh Xudoyberganovlar egallashdi. Ularga tashkilotchilarning tegishli darajadagi diplomi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Mubolag‘a emas, mazkur ko‘rik-tanlov 2017-yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida san’atsevar xalqimizga ajoyib tuhfa bo‘ldi. Binobarin, unda ulug‘ hofiz Komiljon Otaniyozov qo‘shiqlarining barhayotligi va bardavomligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Ikrom XUDOYBEGANOV.