Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI KOMILJON OTANIYOZOV TAVALLUDINING 100 YILLIK BAYRAMI QATNASHCHILARIGA
22.07.2017

O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI KOMILJON OTANIYOZOV TAVALLUDINING 100 YILLIK BAYRAMI QATNASHCHILARIGA

Hurmatli tantana ishtirokchilari!

Muhtaram Xorazm ahli!

Avvalo, madaniy hayotimizdagi ulkan voqea – xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami bilan siz, azizlarni, atoqli san’atkorimizning avlodlarini, shogirdlari va ming-minglab muxlislarini, bugungi anjumanga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarimizni, bag‘rikeng, yuksak ma’naviyatli Xorazm elini samimiy muborakbod etaman.

Hech shubhasiz, o‘zbek musiqa san’ati tarixida, ayniqsa, uning XX asrdagi ravnaqi va taraqqiyotida benazir ovoz sohibi, otashnafas hofiz Komiljon Otaniyozovning nechog‘li buyuk xizmatlari borligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Ona yurt go‘zalligini, Vatanga muhabbat, sevgi va sadoqat, ezgulik, mehr-oqibat kabi yuksak insoniy tuyg‘ularni avj pardalarda kuylagan Komiljon Otaniyozov ham hofiz, ham sozanda, ham bastakor sifatida betakror ijodiy maktab yaratib, tariximizda o‘chmas iz qoldirdi. U yaratgan qo‘shiqlar millionlab insonlar qalbidan chuqur joy egallab, xalq ijodi namunalariga aylanib ketgani ham bu ulug‘ san’atkorning qanday nodir iste’dod sohibi bo‘lganidan dalolat beradi.

San’at vositasida xalqqa xizmat qilishni o‘z hayoti, butun borlig‘ining ma’no-mazmuni deb bilgan Komiljon Otaniyozov qisqa umri davomida mumtoz musiqa san’atimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘tardi. O‘zining g‘oyat noyob, aytish mumkinki, ilohiy va sohir ovozi bilan o‘zbek madaniyatini, o‘zbek nomini butun dunyoga tarannum etdi.

Bu ulug‘ insonning yana bir unutilmas xizmati shundaki, u o‘zining qalb qo‘ri, mehri va saxovatini bag‘ishlab, o‘nlab iste’dodli shogirdlarni kamolga etkazdi. Bugun nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni mamlakatlarda ham shuhrat qozongan ko‘plab hofiz va san’atkorlar uni o‘zlarining ma’naviy ustozi deb biladilar.

Komiljon Otaniyozov o‘z she’rlaridan birida: "O‘ylasang o‘z baxtingni, el baxti birlan yor et, Ey, Komil, nomingni sen yaxshilar ichra bor et”, deb yozgan va bu hikmatni o‘zining hayotiy e’tiqodiga aylantirgan shaxs edi. U faqatgina o‘z sozi va ovozi bilan emas, balki go‘zal insoniy fazilatlari bilan ham barchaga o‘rnak va namuna bo‘lolgan buyuk san’atkor edi. Uning san’atga fidoyiligi, to‘g‘riso‘z va samimiyligi, odamlarga mehribonligi hanuzgacha tillarda doston bo‘lib kelayotgani bejiz emas.

Mustaqillik yillarida madaniyatimizning barcha ulkan namoyandalari qatorida Komiljon Otaniyozov xotirasiga ham munosib hurmat va e’tibor ko‘rsatilib, u 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning farmoniga ko‘ra "Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangani ayni el-yurtimizning ko‘nglidagi ish bo‘lgan edi.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning noyabr oyida viloyat saylovchilar vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvimizda ulug‘ hofizimizning 100 yillik yubiley tantanalarini munosib tarzda o‘tkazishga qaror qilgan edik. Bugun butun mamlakatimiz miqyosida bu sana haqiqiy san’at va nafosat bayrami sifatida keng nishonlanayotgani, ustoz san’atkorimiz xotirasini abadiylashtirish, uning biz – avlodlarga qoldirgan o‘lmas merosini o‘rganish, hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan bunday beqiyos boylikni kelgusi avlodlarga bezavol etkazish bo‘yicha amalga oshirayotgan barcha ishlarimiz xalqimizning fidoyi farzandi xotirasiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromning yana bir ifodasidir.

Xususan, ustoz san’atkor tug‘ilib voyaga etgan Xorazm zaminida uning uy-muzeyi tashkil etilgani, Shovot tumanida Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i rekonstruktsiya qilinib, har tomonlama obod qilingani, Urganch tumanida hofiz xotirasiga atalgan bog‘ va ijod markazi barpo etilib, u zotning tabarruk siymosi aks ettirilgan yodgorlik o‘rnatilgani ayniqsa e’tiborga loyiqdir.

Fursatdan foydalanib, bu ezgu va xayrli ishlarga munosib hissa qo‘shgan barcha yurtdoshlarimizga – qo‘li gul quruvchilar, me’moru muhandislarimizga, bunyodkor Xorazm ahliga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Bugun biz olijanob inson, benazir hofiz Komiljon Otaniyozovning so‘nmas xotirasini sharaflab, uning hayot va ijod yo‘li, ibratli fazilatlari haqida so‘z yuritar ekanmiz, bir fikrga qayta-qayta amin bo‘lamiz. Ya’ni, toki dunyoda san’at degan buyuk mo‘’jiza bor ekan, er yuzida o‘zbek degan xalq yashar ekan, Komiljon Otaniyozov nomi ham barhayot, u o‘zining umrboqiy qo‘shiqlari bilan abadiy yashaydi.

Mana shu unutilmas lahzalarda Komiljon Otaniyozovning yorqin shaxsiyatiga yana bir bor chuqur hurmatimni bildirib, ko‘nglimdagi bir fikrni aytmoqchiman.

Dunyoga mana shunday buyuk zotlarni bergan, ularning yodini e’zozlab, ardoqlab kelayotgan xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

Bugungi qutlug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

 

 

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 22-iyul №58