Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



O‘RIM YIG‘IM ISHLARI BOSHLANDI
12.06.2018

Ma’lumki g‘alla qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlardan biri bo‘lib, xalqimiz dasturxoni to‘kinligi, turmush farovonligining oshirilishi shu ekin bo‘yicha mo‘l hosil yetishtirilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shu bois yurtimizda sohani rivojlantirishga katеa e’tibor qaratilyapti. G‘alla yetishtirish uchun unumdor yerlar ajratilib, uning yurtimiz iqlimi, ekin maydonlarining tuproq sharoiti, nam rejimiga monand navlarining tanlanib joylashtirilishi, o‘simlik agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilinib, mo‘l hosil yetishtirilishi ta’minlanmoqda. Shu tufayli ko‘plab fermer xo‘jaliklari hosil uchun kurashning turli bosqichlaridagi agrotexnik tadbirlarni yerlarning tuproq, yilning ob-havo sharoitlari, nam rejimiga monand tashkil etib, g‘allachilik bo‘yicha 50-60 sentner va undanda ziyod hosil yetishtirishga muvaffaq bo‘lishyapti. Shovot tumanidagi "Usta Matsafo" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Shuxrat O‘daboyev ana shunday fidoyi tashabbuskor g‘allakorlardan biri. U faoliyat ko‘rsatgan xo‘jalikda bu yil dalalardan tekis nihol olinishi bilan birga o‘simlik donalari bo‘liq, barakali bo‘lib, mo‘l hosil yetishtirildi. Binobarin, viloyat bo‘yicha g‘alla o‘rim-yig‘imiga bag‘ishlangan tumanlarning hokimlari, yirik fermer xo‘jaliklari, agrosanoat majmuiga aloqador korxona-tashkilotlarning rahbarlaari, mutaxassislari ishtirok etgan seminar-kengashni o‘tkazish uchun anna shu fermer xo‘jaligi hududi tanlanganligi, g‘alla o‘rim-yig‘im ayni shu jamoa dalasidan boshlanganligi bejiz emas. An’anaga muvofiq o‘rim-yig‘im ishlari Shovot tumanidagi Yusuf Hamadoniy ziyoratgohida hayriya tadbirini o‘tkazishdan, keksalarning duo-fotixasini olishdan boshlandi. Seminar-kengash ishini viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov boshqarib bordi. Ta’kidlandiki, bu yil 2661 fermer xo‘jaligi tomonidan 33200 gektar maydonda mo‘l g‘alla hosili yetishtirildi. Endilikda zahmatli mehnatlar evaziga yetishtirilgan ziroat nest-nobud qilinmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olinishi, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga hosili eksportbop bo‘lgan takroriy ekinlar ekilishi, bir qarich yerning ham bo‘sh qolishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimining o‘rinbosari O‘.Masharipov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Masharipov, viloyat Davlat texnika nazorati inspeksiyasi boshlig‘i M.Ustanazarov va boshqalar g‘alla maydonlarini o‘rim-yig‘im ishlariga sifatli tayyorlash, kombaynlarga texnik, operator-mexanizatorlarga maishiy xizmat ko‘rsatishni bevosita dala boshiga ko‘chirish, agregatlarning uzluksiz, unumli ishlashini ta’minlash, yil mobaynida katta mashaqqatlar evaziga yetishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda, sifatli holida saranjomlab olish yuzasidan oldda turgan shu va boshqa vazifalarga to‘xtaldilar. Seminar-kengashda tayyorlov korxonalari, agrosanoat majmuiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona-tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislarining g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, hosildan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekishni qisqa muddatlarda poyoniga yetkazish borasidagi ishlarning tashkil etilishi bo‘yicha axborotlari tinglandi, ularga shu yuzadan tegishli topshiriqlar berildi.

Ollabergan RAJABOV