Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



O‘RGANISH NATIJALARI CHUQUR TAHLIL QILINDI
23.03.2017

O‘RGANISH NATIJALARI CHUQUR TAHLIL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Oliy Maj­lis Senati a’zolari Shovot tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Aholi, keng jamoatchilik vakillari bilan yaqindan suhbatlashdilar. 376 ta xonadonda bo‘lib, aholi tomonidan ularni o‘ylantirayotgan masalalarni tinglab, mavjud muammolarning ko‘pchiligi shu joyning o‘zida hal etildi.

Xalq deputatlari Shovot tumani kengashi sessiyasida parla­ment a’zolari tomonidan ana shu o‘rganish natijalari chuqur tahlil asosida ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariniqo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini ta’minlash maqsadida muayyan ishlar bajarilmoqda.

Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga kredit mablag‘lari ajratishga e’tibor kuchaytirilgan. Biroq, o‘rganishlar natijalari tu­manda tadbirkorlik sub’ektlarining er ajratish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari asossiz buzilayotganligi, ularning faoliyatini izchil tashkil etishda, elektr va gaz ta’minotida muammolar mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, tuman aholisiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish bugungi kun talabi darajasida emas. Hamon ayrim sub’ektlar to‘lov terminallari bilan ta’minlanmagan. Bozorlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilgan bo‘lsada bu borada kamchiliklarga barham berilmayotir. Masalan, "Shovot - Cho‘qli dehqon bozori" hamda "Shovot - Sharq bozori" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hududlaridagiholatlar sanitariyagigiena talablariga javob bermaydi. Sotuvchilar, xaridorlar uchun zarur sharoitlar yaratilmagan.

Aholi bandligini ta’minlashda mutasaddi tashkilotlarning rahbarlarihamon mas’uliyatni chuqurhis qilmayotirlar. Kasb-hunar kollejlarini bitirgan ayrim yoshlarning bandligi ta’minlanmayotir.

Parlament a’zolari tumandagi tibbiyot muassasalari faoliya­tini o‘rgandi. Bu yuzadan aholi bilan suhbatlashib, ularning fikrlari, mulohazalari bilan tanishdi. Mavjudqishloqvrachlik punktlari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularni malakali tibbiyot xodimlari va kerakli dori-darmonlar bilan ta’min­lash zarurligi sessiyadaqayd etilib, soha rahbarlariga topshi­riqlar berildi.

Ta’lim tizimidagi faoliyatni takomillashtirish, o‘quv muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlarini yuksak darajada tashkil etish davr talabidir. Biroq bu borada ham ayrim kamchiliklar mavjud.

Tumanda maktabgacha yoshdagi bolalarning 11,8 foizigina maktab­gacha ta’lim muassasalariga jalb etilgan xolos. Vaholanki, tumandagi ko‘plab onalar bolalarini mak­tabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanishini xohlashadi. Buning uchun esa maktabgacha ta’lim muas­sasalari faoliyati ham ularning talabiga monand bo‘lishi darkor.

Xalq deputatlari tuman kenga­shi, uning doimiy komissiyalari faoliyati jonlantirilishi zarur­ligi, ayniqsa, deputatlar yanada faol bo‘lishi, sohalarda uchrayotgan muammolarga tez barham berishi, jamoatchilik fikrinio‘rganib borishi va aholi istiqomat joylarida bo‘lib, muloqotlar o‘tkazib turishi tavsiya etildi.

Sessiyada tumanhokimining o‘rinbosarlari,huquqnimuhofaza qilish organlari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi idoralar, xususan, elektr, gaz, suv ta’minoti, bank va boshqa qator tashkilotlar rahbarlarininghisobotlari talabchanlik bilan eshitildi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan sessiyada tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

Sessiyada viloyathokimining birinchi o‘rinbosari M.Sapaev qatnashdi va so‘zga chiqdi.

"Xorazm haqiqati" gazetasi,

2017 yil 18 mart №22