Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



ORAZULARI CHEMPION BO‘LISH
02.03.2017

8-mart xalqaro xotin – qizlar kuni

 

 

ORAZULARI CHEMPION BO‘LISH

 

Bir – birovga yelkadoshlik, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish xalqimizga xos bo‘lgan azaliy xususiyatlardan biridir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach bu qadriyat O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu ma’noda kattaga hurmat, kichikka izzat ko‘rsatish, nuroniy keksalar va onalarga e’tibor, ayniqsa kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimiz tarbiyasi, uning ozod va obod Vatanda, ota-onasi, yaqinlari orasida mehr va muhabbatga og‘ushida, ma’nan va jismonan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi tadbirlar yuqoridagi fikrimiz isbotidir.

Asosiy shior: "Bizda hech kim mehr – muhabbat va e’tibordan chetda qolishi mumkin emas”. Turli sabablar bilan ota – onasi mehridan musovo bo‘lgan norasidalar davlatimizning alohida qaramog‘ida. Bu borada «SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasi faoliyati ibratlidir. "SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ayniqsa, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun boshqalardan kam bo‘lmagan turmush sharoitini yaratishga xizmat qilmoqda. Bolalarning kelajakda hayotda o‘z o‘rnini topishiga har tomonlama ko‘maklashish muhim ahamiyatga ega. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning nafaqat Mehribonlik uylarida, balki o‘zaro mehr-oqibat muhitiga asoslangan "SOS – bolalar mahallalari”da tarbiyalanayotgani e’tiborga molik. Xorazmda Urganch shahri va Shovot tumanida "SOS – bolalar mahallalari” faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Tashkilot tizimida ishlayotgan ijtimoiy xodimlar, pedagog va psixologlardan iborat mutaxassislar bu oilalarni qo‘llab-quvvatlashga har tomonlama ko‘maklashmoqda.
- Men «SOS O‘zbekiston bolalar mahallasi» Uyushmasining Xorazm viloyati filialida 2011 - yildan ishlayapman. Oilamda 6 nafar farzand bor. Ikkita kiz va to‘rt nafar o‘g‘il bola. Men bu tizimga ishga kirib umrlik orzuim onalik baxtiga sazovor bo‘ldim , - deydi biz bilan suhbatda Sharofat Otajanova. – Farzandlarimning hammasi zukko, quvnoq, turli fanlar, ayniqsa sportga juda qiziqadilar. Bu borada Sevinch qizim opa–singil, aka–ukalariga o‘rnak.

 

Sevinchoy 11 yoshda. Kirishimli, muloyim, xushchaqchaq, tirishqoq qiz. Uch yildan buyon sportning badiiy gimnastika turi bilan shug‘ullanib keladi. Hozir gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar sport maktabida badiiy gimnastika turi sirlarini murabbiysi Barno Shakirovadan o‘rganib kelmoqda.

- Sevinchoy iqtidorli sportchi, - deydi Barno ustoz. – Buni uning qisqa vaqtda qo‘lga kiritgan yutuqlari ham ko‘rsatib turibdi. Sevinchoy dastlab 2015 - yilda Navoiy shahrida «Gimnastika hamma uchun» shiori ostida o‘tkazilgan O‘zbekiston birinchiligida qatnashib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2016 - yilda esa shu musobaqalarda birinchi o‘rinni egalladi.

Sevinchoy Davletova uchun yangi - "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" ham muvaffaqiyatlar bilan boshlandi. U fevral oyida Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan viloyat miqyosidagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.

- Qizim nafaqat sportga, balki san’atga ham qiziqadi. U dars va sport mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytlari Urganch shahridagi 1-son bolalar musiqa va san’at maktabining xoregrafiya bo‘limida raqs sirlarini ham o‘rganmoqda. Ko‘pgina tadbirlarda ishtirok etib bu sohada ham ancha muvaffaqiyatlarga erishmoqda, - deydi to‘lqinlanib Sharofat Otajanova.

Sevinchoy faol jamoatchi bo‘lishi bilan birga maktabda ham yaxshi baholarga o‘qiydi. Bo‘sh vaqtlarida oyisiga yordam berishni, ukalari bilan birga o‘ynashni, ularga ertak kitoblar o‘qib berishni yaxshi ko‘radi. Ayniqsa kichkinalarga mehri baland. Uning kelgusidagi orzusi jahon, olimpiada chempionlari bo‘lish.

Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan beqiyos sharoitlar bois Sevinchoyga o‘xshagan o‘g‘il – qizlarimizning orzulari ro‘yobga chiqishiga shubha yo‘q.

Shuhrat Matkarimov,

Xorazm viloyati hokimligining mutbuot kotibi