Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



OMMAVIY QABUL - AHOLI MANFAATLARI DOIMIY E’TIBORDA
29.05.2018

Ayni paytda mamlakatimizning bacha hududlarida xalq bilan muloqot qilish, muammolarga tezkor va samarali echim topishning zamonaviy mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani odamlarning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlab, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, sektorlar faoliyatida mahallalarda aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, joylarda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida mavjud muammolarga chek qo‘yish masalalari alohida e’tibor berilmoqda. 

Viloyat sektor rahbarlariga biriktirilgan hududlarda Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda ham ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Kuni kecha Xorazm viloyati to‘rtinchi sektori rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi J.Temurov boshchiligida Qo‘shko‘pir tumanining Qatog‘on qishlog‘ida aholi uchun ommaviy qabul tashkil etildi. 

Viloyat, tuman miqyosidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari,  tijorat banklari vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlariningmutaxassislari ishtirok etgan ommaviy qabulda Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi fuqarolardan ko‘plab murojaatlar tushdi. Ular asosan turar joy, kommunal soha, sog‘liqni saqlash, ta’lim,ijtimoiy yordam, yo‘l qurilish, gaz, elektr energiyasi, suv ta’minoti kabi masalalarga oid bo‘lib, ularning aksariyati joyida hal etildi.

- Qo‘shko‘pir tumanida jami 50 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud, - deydi tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Odilbek Artiqov. - Bugun hududlarda tashkil etilgan sektorlarda turli soha vakillaridan iborat ishchi guruhlar shakllantirilgan. Biz o‘z ish faoliyatimizda asosiy e’tiborni uyma-uy yurib, qishloqlardagi dolzarb muammolarni aniqlashga, ularni joyida bartaraf etishga qaratmoqdamiz. Tumanimizda viloyat to‘rtinchi sektori rahbari tomonidan aholi uchun tashkil etilgan ommaviy qabul joylarda mavjud muammolarni echimida yana bir amaliy yordam bo‘lmoqda. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida joylarlarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, yurtdoshlarimizning turmush tarzi yanada yaxshilanishida o‘zining amaliy natijasini bermoqda.

Tumanda o‘tkazilgan mazkur ommaviy qabulda 200 dan ortiq aholining murojaatlari o‘rganildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yo‘llarni asfalt qilish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarida maktab, bog‘cha qurib berish, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– Mahallamiz ko‘chalarida o‘rnatilgan simyog‘ochlar hamda elektr transformatori ancha ta’mirtalab bo‘lib qolgani tufayli elektr uzilishlari tez-tez takrorlanadi, – deydi G‘ozovot qishlog‘i Do‘stlik mahallasida yashovchi nafaqadagi o‘qituvchi Yo‘ldosh ota Qalandarov. – Bugungi ommaviy qabulda mahalladoshlarim nomidan ushbu muammo hal etilishini so‘rab murojaat qildim. Viloyat rahbarlari mening murojaatimni shu kunning o‘zida hal etish uchun tegishli tashkilotlarning rahbarlariga topshiriqlar berdilar. Kunning ikkinchi yarmida qishlog‘imizdagi simyog‘ochlarni yangilash hamda transformatorni ta’mirlash uchun bir guruh mutaxassislar ish boshlashdi. Avvalambor bugungidek imkoniyat va sharoit uchun Prezidentimizga, viloyat va tuman to‘rtinchi sektor rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Endilikda bizning qishloqda ham elektr ta’minoti shaharnikidan kam bo‘lmagan darajada bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat to‘rtinchi sektori rahbariga biriktirilgan Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlari hamda Xiva shahrida o‘tgan 2017 yilda 67 ming 524 ta xonadonlardan 65 mingta xonadonlarga kirilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar orqali 5276 ta muammolar aniqlangan. Mazkur muammolarning4 ming 861 tasi, ya’ni 92 foizi tuman darajasida, 367 tasi viloyat darajasida,  48 tasi esa respublika darajasidagi muammolar bo‘lib, ularning 4 ming 648 tasi o‘z echimini topgan. Bugungi kunda 580 ta muammolar ijrosi yuzasidan yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan bo‘lib, 48 ta respublika darajasidagi muammolar Vazirlar Mahkamasiga va boshqa vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Tumandagi “Xayrobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Rahim aka Xo‘janiyozovning ommaviy qabuldagi murojaatiga shu kunning o‘zida ijobiy echim topildi. 

– Murojaatim e’tiborsiz qolmaganidan minnatdorman.Turmush o‘rtog‘im Bakposhsha Yoqubova qandli diabet kasalligi tufayli 3 yil oldin bir oyog‘idan ajralib qoldi. Bugungi qabulda turmush o‘rtog‘imga nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qilgan edim. Qabul tugagandan keyin viloyat to‘rtinchi sektori rahbarining o‘zi tuman sektor rahbarlari bilan birga xonadonimizga tashrif buyurdilar. Ular ayolimga nogironlik aravachasini o‘z qo‘llari bilan topshirdilar. Shu erning o‘zida ayolim tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Turmush o‘rtog‘im 3 yildan buyon ko‘cha-kuyga chiqishga, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindoshlarnikiga borishga qiynalar edi. Bugun uning ko‘ngli quvonchga to‘ldi. Bundan oilaviy xursandmiz. Shunday ulug‘ kunlarda, ro‘za ramazon oyida yaxshi insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xayrli ishlar natijasini o‘z hayotimizda ko‘rdik. Ilohim yurtimiz tinch, Yurtboshimiz boshi omon bo‘lsin, – deydi ko‘zlarida yosh bilan xayrabodlik R.Xo‘janiyozov.

Ommaviy qabulda tumandagi “Qatag‘on” qishlog‘ida yashovchi Muhayyo Otajonova farzandi Jonibek Po‘latovning tug‘ma nogiron ekanligi, 8 yil oldin o‘g‘lining bir oyog‘ini operatsiya qildirgani va bugungi kunda uning ikkinchi oyog‘ining opertsiyasi uchun moliyaviy tomonidan qiynalayotganini aytib murojaat qildi. Shuningdek, M.Otajonova farzandiga nogironlik aravachasi berishda  amaliy yordam so‘radi. Mazkur masala echimi yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sektor rahbarlariga ma’lumot berib o‘tdi.

         - Bugungi qabulda M.Otajonovaning murojaatini ro‘yxatga oldik. Unga o‘g‘lini operatsiya qildirish uchun viloyat markaziy shifoxonasiga yo‘llanma berdik. J.Po‘latovning operatsiyasi uchun boshqarma tomonidan zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratib, uning sog‘lig‘ini yaxshilanishida o‘z hissamizni qo‘shamiz. Shuningdek, ushbu fuqaroning nogironlik aravachaga muhtojligi ham inobatga olinib, uni yangi aravacha bilan ta’minladik - deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariSodiqjon Sodiqov.

Bu yil fevral oyida tumanning G‘ozovot qishlog‘i “Do‘stlik” mahallasida yashovchi O.Matchanov oilasida 3 nafar egizak qizchalar dunyoga keldi. Ommaviy qabulda xonadon bekasi Anabibi opa Xo‘jamurotova egizak nevarlari sun’iy ovqatlanayotganligi sababli moddiy yordam so‘rab murojaat qildi. Ommaviy qabuldan keyin tuman sektor rahbarlari hamda xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ularning xonadoniga tashrif buyurib, chaqaloqlarning yashash sharoiti, sog‘lig‘i bilan yaqindan tanishdilar. Egizak qizchalarga bolalar aravachasi, chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan sun’iy oziq-ovqatlar hamda o‘yinchoqlar sovg‘a qilindi. Shu erning o‘zida egizak chaqaloqlar uchun qishloq vrachlik punkitidan hamshira berkitildi. Ularning sog‘lig‘i tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

– Bugungi ommaviy qabulda sektor rahbarlari tomonidan aholining 100ga yaqin murojaati ko‘rib chiqildi, – deydi Qo‘shko‘pir tuman to‘rtinchi sektori rahbari O‘ktam Ahmedov.  – Mana shunday ommaviy qabullar jarayonida murojaat qilayotgan ayrim fuqarolar o‘z haq-huquqini yaxshi bilmasligi ko‘rinib qolayotganini hisobga olib, muloqotlar davomida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbir doirasida Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi nogironligi bo‘lgan 16 nafar xotin-qizlarga Prezident tuhfasi – nogironlik aravachalari, bepul dori-darmonlar hamda qimmatbaho sovg‘alar ham topshirildi. 

– Bunday e’tibordan mamnunmiz, – deydi II guruh nogironi 74 yoshli onaxon Nurposhsha Miskinova. – 40 yildan ortiq tibbiyot sohasida mehnat qildim. Yolg‘iz yashashimga qaramasdan, viloyat, tuman rahbarlari doimo holimdan xabar olib, turmushimdagi muammolarim echimiga yordam berib kelishmoqda. Bugun Prezidentimiz tomonidan topshirilgan sovg‘alar menga kuch-quvvat, kelajak hayotga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirdi. Biz kabi imkoniyati cheklangan fuqarolarga ham hech kimdan kam bo‘lmay yashash imkonini yaratib berayotgan davlatimizdan minnatdormiz.

Bir so‘z bilan aytganda aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, ayniqsa, chekka va olis hududlarda yashayotgan fuqarolar holidan xabar olish, dardu tashvishlarini tinglash, muammolarini joyida hal etish, eng muhimi, odamlarda adolatga, davlatga ishonchni mustahkamlash va ularni hayotdan rozi qilish ustuvor vazifaga aylandi. Shu maqsadda viloyat to‘rtinchi sektori rahbari, tuman hokimi prokuror, ichki ishlar hamda soliq boshqarmalari boshliqlari va boshqa mutasaddi rahbarlar bilan hududlardagi vaziyat, u erda echimini kutayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularga echim topish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Ana shu maqsad yo‘lida joylarda davom etayotgan bu kabi ommaviy qabullarda ko‘plab muammolar ijobiy hal etilmoqda. Davlat organlari rahbarlarining aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, muloqot qilishi ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, hayotdan rozi bo‘lib yashashida muhim omil bo‘lmoqda. 


Dilrabo KURYAZOVA