Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



OMMAVIY QABUL: AHOLI MANFAATLARI DIQQAT-E’TIBORDA
08.06.2018

Bugun davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar mohiyatinianglagan, zimmasidagi mas’uliyatni his qilgan mutasaddi borki, o‘zi yoki tashkiloti va aholi o‘rtasida yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldirish, xalq bilan yaqin bo‘lishga intilib, muloqotning samarali usullaridan foydalanmoqda. Asosiy vazifasi xalqqa xizmat qilish, ularni rozi qilish ekanligini o‘ylab faoliyat ko‘rsatmoqda. Va bu o‘z samarasini berayotgani sir emas. Odamlarning davlat idoralariga, rahbarlarga ishonchi ortmoqda. Kimga, qanday tartibda murojaat qilish ko‘nikmas ishakllanyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yilning 28 dekabr kuni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Ushbu farmonning ijrosi doirasida viloyatimizning barcha hududlarida sektor rahbarlari tomonidan aholi muammolarini joyida hal etish maqsadida ommaviy qabullar tashkil etilmoqda. Kuni kecha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Xorazm viloyati hokimning navbatdagi ommaviy qabuli tashkil etildi. Qabulda Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov, viloyat davlat tashkilotlari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyati Xalq qabulxonasi mutaxassislari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Ichki ishlar va Soliq boshqarmalari, Prokuratura, Xalq ta’limi mutasaddilari, Urganch shahar sektor rahbarlari hamda tuman hokimliklarining mas’ul xodimlari aholi bilan ochiq muloqot olib bordi. Urganch shahar aholisi uchun iashkil etilgan mazkur ommaviy qabulda 100 ga yaqin yurtdoshlarimiz ariza, taklif va shikoyatlar bilan viloyat hokimiga rahbariyatiga murojaat qildi. Shovotlik tadbirkor investor Umrbek Karimov Shovot tumanida xususiy tibbiyot klinikasi tashkil etish va bu orqali tumanga 2,5 milliard investitsiya kiritish masadi bilan bo‘sh turgan bino ajratiilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. -Murojaatim viloyat hokimi tomonidan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Menga Shovot tumanidan bo‘sh turgan bino ajratilishida tez kunlarda amaliy yordam berishadi. Ushbu tumanda aholiga kompyuter tomografiya, UZI va boshqa shu kabi zamonaviy tibbiyo uskunalar orqali sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni rejalashtirganman. Xalqning dardini tinglab, muammosini joyida hal etadigan bunday samarali tizimni yo‘lga qo‘ygan, tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratib berayotgan Prezidentimizdan, hukumatimizdan behad minnatdorman,-deydi U.Karimov. Kun davomida tashkil etilgan ommaviy qabulda aholidan 100 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Ularning aksariyat qismi ish bilan bandlik, pensiya, moddiy va ijtimoiy yordam berish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, qurilish uchun yer ajratish, imtiyozli kredit asosida namunali uy-joyga ega bo‘lish, tadbirkorlik sohasida ish boshlashaga amaliy ko‘mak berishborasidagi masalalardan iborat bo‘ldi. Qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarning ayrimlari shu yerning o‘zida yechimini topdi. - Bugungi qabulda farzandimni Hindistonda davolatishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildim,-deydi Urganch shahar, “Obodlik” mahallasida yashovchi fuqaro Sevara Matniyazova. Murojaatim viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilib, farzandimning jahhorlik opretsiyasida amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan cheksiz minnatdorman. Ommaviy qabulda viloyat aholisining og‘irini yengil qilish, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ham qator takliflar bildirilib, mutasaddi vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi. Sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar bayonnomaga kiritilib, bajarilish muddatlari belgilandi. Qabul davomida ko‘tarilgan muammolari yechimini topgan juda ko‘p yurtdoshlarimizning yuz-ko‘zi chaqnab, ko‘tarinki kayfiyatda chiqayotganini ko‘rib mamnunlik his etdik. – Issiqxona qurish uchun yer ajratish masalasida tegishli idoralarga ko‘p murojaat qilib, ijobiy javob ololmagan edim, – deydi Urganch tumani Chakkasholikor qishlog‘idan fuqaro Ravshan Zaripov. – Mana, viloyat va tuman hokimligi mutasaddilari o‘z tadbirkorligimni boshlashim uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga va’da berdi. Yer ajratish masalasi uch kun ichida hal qilinadigan bo‘ldi. Albatta, ommaviy qabulni kuzatish davomida aholidan tushayotgan murojaat va shikoyatlarning ko‘p qismi o‘sha joyda mutasaddi tashkilot xodimlari zimmasiga yuklatilib hal qilinganligi ko‘pchilik aholini quvontirdi. Ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar, insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan islohotlar xalqimiz turmushining yanada yuksalishi, mamlakatimiz obodligi va taraqqiyotini ta’minlash, yuksaltirish yo‘lidagi tinimsiz harakatlar ekani hammamizga ayon. Bugungi kunda Davlatimiz rahbari xalq dardi bilan yashab, xonadonma-xonadon yurib, kishilardan hol so‘rayotgan, ularning o‘y-xayoli bilan yashayotgan bir paytda, o‘zini mana shu yurtning jonkuyar farzandi, fuqarosi deb bilgan har bir inson, qolaversa, tashkilot rahbarlari endi hayotga teran fikr, fidoyilik va yangicha nigoh bilan nazar tashlashi, faoliyat olib borishi lozimligi ayni haqiqatdir.

Dilrabo KURYAZOVA