Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATI YANADA TAKOMILLASHADI
11.05.2018

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov jurnalistlar bilan uchrashdi.

Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha jabhalarida isloxotlar izchil ravishda davom etib, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, ularning yaxshi yashashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Obod qishloq dasturi to‘g‘risida”gi Farmon va “Obod qishloq dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan chora-tadbirlar belgilanib, qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, xududlarni kompleks rivojlan¬tirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish hamda shu asosda turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Biroq, tuman hokimlarining mas’uliyatsizligi natijasida ayrim qishloqlarda zamonaviy me’morsozlik talablariga rioya qilinmay hovlilarning, ko‘p qavatli uylarning shunday yonginasida tovuqxona, omborxona, maishiy chiqindilar tashlash uchun noqonuniy qurilishlar ko‘payib ketgan. Ko‘p yillardan beri ichki yo‘llar nixoyatda ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligidan aholi o‘zining haqli e’tirozlarini bildirmoqda. Ayniqsa, ko‘p qavat¬li uylarning old qismlarini, yo‘laklarni ta’mirlash borasida juda ko‘plab muammolar to‘planib qolgan. Uy- joy mulkdorlari shirkatlarining mas’ul xodimlari xamon o‘z vazifalarini chuqur tushunib etmayotirlar. Aholi istiqomat qilayotgan ba’zi ko‘p xonadonli uylarning kommunikatsiyasi tizimi nosoz holatda.

Ba’zi mahallalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga etarli e’tibor qaratilmagan. Yuqorida qayd etilgan masalalar va mavjud muammolar ommaviy axborot vositalarida qanday yoritilmoqda? Ushbu mavzularni yoritishda jurnalistlar tezkor faoliyat ko‘rsatayaptimi? Tanqidiy-tahliliy maqolalar, ko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar tayyorlanayotirmi? Tanqidiy chiqishlar va ularning samaralari qanday? Sektorlar faoliyati yoritilyaptimi?

Viloyat hokimligida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, Respublika televideniesi va matbuot nashrlarining Xorazm viloyatidagi muhbirlari, jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ana shu va boshqa nixoyatda dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlandiki, ushbu va boshqa mavzularni yoritishda xamon tahririyatlar, jurnalistlar mavjud imkoniyatlardan o‘z o‘rnida va oqilona foydalana olishmayapti. Ayniqsa, tanqidiy-tahliliy yo‘nalishdagi materiallar etarli darajada berib borilmayotir. Jumladan, yangi ish o‘rinlari ochish, aholi bandligini ta’minlashda shahar, tuman hokimlarining faoliyatida jiddiy kamchiliklar xukm surmoqda. Vaholanki bugun tuman hokimlari, har bir shahar, tuman mutasaddi tashkilotlarining mas’ullari tashabbuslarni, yangi ilg‘or g‘oyalarni, investitsiyalarni hayotga, ishlab chiqarishga tezkorlik bilan joriy etishi kerak. Ammo shaharlar, tumanlar hokimlarida faollik, yangilikka intilish etishmayotir. Bu boradagi holatni ham ommaviy axborot vositalarida yoritib borish, kamchilik, nuqsonlarni aniq fakt va misollar orqali tahlil qilish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etishdagi sustkashlik, mas’uliyatsizlikni misollar bi¬lan ko‘rsatish zarurligi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov tomonidan alohida qayd etildi.

Shuningdek, qishloqlarda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati, gaz, elektr energiya, ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi ahvol va boshqa turmushda muhim bo‘lgan masalalar, mavjud muammolar ommaviy axborot vositalarida dadillik bilan izchil, aniq ravishda ko‘rsatib berish zarurligini ta’kidladi.

Bugungi kunda xududlardagi sektorlar faoliya¬ti va ular tomonidan olib borilayotgan ishlarning samarasini jurnalistlar muntazam yoritib borishi muhimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ayniqsa, jurnalistlar ko‘proq aholi istiqomat qilayotgan joylarda, uzoq qishloqlarda bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalari asosida materiallar tayyorlashi, kamchilik va nuqsonlarni hamda ayrim rahbarlarning loqaydligini keskin tanqid qilish vaqti kelganligi yana bir bora eslatib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi, Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi direktori O‘.Matqurbonov, viloyat matbuot va axborot boshqarmasining boshlig‘i D.Bekchanova, “Xorazm haqiqati” va “Xorezmskaya pravda” gazetalari bosh muharriri vazifasini bajaruvchi S.Rahimberganova, “Inson va qonun” gazetasining viloyatdagi muhbiri A.Sobirov va boshqalar jurnalist ish uslubini, mahoratini yanada takomillashtirib borishi davr talabi ekanligini, g‘ayrat-shijoat bilan faoliyat ko‘rsatish burch, vazifa bo‘lib, kelgusidagi ijodiy rejalarga to‘xtalishdi.

Endilikda viloyat hokimligida jurnalistlar bilan bunday ochiq muloqotlar muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.


O‘z muxbirimiz

“Xorazm xaqiqati” va “Xorezmskaya pravda” 

Gazetalari 11 may, №37 (19487) chorshanba