Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



«OCHIQLIK INDEKSI»: DAVLAT TASHKILOTLARI OCHIQLIGI TA’MINLANMOQDA
11.04.2018

Kuni kechadavlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining «ochiqlik indeksi» bo‘yicha navbatdagi reyting natijalari e’lon qilindi. 

Mazkur jarayonni amaliyotga tatbiq etishda O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonuni muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanuvchilarning ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlardan foydalanishini huquqiy kafolatlash bilan bir qatorda davlat organlari faoliyatini ochiqligini ta’minlashning shakl va uslublari, davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashishning aniq mexanizmlarini belgilab berdi. 

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash ishlari muntazam amalga oshiriladi. Natijalar har yili ikki marotaba (1 yanvar va 1 iyul holatiga) e’lon qilib boriladi. Joriy yilning 1 yanvar holatigacha bo‘lgan dastlabki reyting natijalari shu yil aprel oyida keng jamoatchilikka e’lon qilindi. Unda 52 ta davlat tashkilotlarining nomlari o‘rin olgan.

Shu yining 1 yanvardagi holatiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi reytingning eng yuqori pog‘onasi 95 ballik natijaga ega bo‘ldi.  Ikkinchi o‘rinda Markaziy bank 94 ballik natija bilan joylashgan bo‘lga, ochiqlik indeksining uchinchi pog‘onasida IKT hamda Adliya vazirligi joylashdi.

Mazkur reyting davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan shakllantiriladi, natijalar www.ochiqlik.uz sayti hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati portaliga joylashtirib boriladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga ularning qonuniy huquq va erkinliklariga daxldor axborotlarni taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy etish 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. 

«Ochiqlik indeksi» monitoringi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvi tizimidagi ishtirokini yanada faollashtirishda o‘z samarasini bermoqda. Shuningdek, bu kabi zamonaviy texnologik tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yish  davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida jamoatchilik bilan aloqalarni yanada kuchaytirishga, aholining murojaatlariga tezkor ravishda echim topishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini, shaffofligini ta’minlashda hamda barcha sohalarda zamonaviy interaktiv xizmatlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i