Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



OBODLIK, HAMJIHATLIK IFODASI
23.08.2017

19-20-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharida yurtdoshlarimiz faol ishtirok etdilar.

OBODLIK, HAMJIHATLIK IFODASI

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga har tomonlama taraddud davom etmoqda.

Shahar va tumanlarda bunyodkorlik ishlari avj olib, yangidan zamonaviy turar-joylar qad rostlamoqda. Tashabbuslar, istiqbolli loyihalar asosida faoliyat yuritish natijasida yuksak samaralarga erishilmoqda. Xullas, barcha joyda har bir kasb egasi ko‘tarinki ruhda mehnat qilmoqda.

Ayniqsa, eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida o‘tkazilgan umumxalq hasharidan so‘ng yurtimiz yanada obod bo‘lib, chiroy ochdi. 19-20 avgust kunlari ertalabdan yurtdoshlarimiz o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallasidagi ko‘chalarni, hovlilarni, ko‘p qavatli uylarning atroflarini yanada saranjom-sarishta qilishdi.

Hashar kunlari 2706 gektar maydon obodonlashtirildi, 5304 tonna maishiy va qurilish chiqindilari olib chiqildi. Shu kunlari 1424 km. uzunlikdagi ariqlar va lotoklar tozalandi, 1 million 700 mingga yaqin daraxtga shakl berildi.

Kam ta’minlangan, yolg‘iz yashayotgan keksalar, nogironlar xonadonlarida bo‘lib, ularning xolidan xabar olindi, moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 38417 kv.metr hajmdagi uy-joylar ta’mirlandi. 567 ta qabriston, 32 ta ziyoratgoh obodonlashtirilib, tartibga keltirildi. Hashar ishlariga 1422 ta turli texnika vositalari jalb etildi.

- Umumxalq xayriya hashari kunlari eldoshlarimizning uyushqoqlik bilan qilingan sa’y-harakatlari tufayli ko‘chalar, xiyobonlar, guzarlar yanada orasta, pokiza, obod bo‘ldi. Milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat kabi an’analarimiz yanada kuchayib, saxovat, homiylik tadbirlari o‘tkazildi, - deydi Urganch shahridagi "Ma’rifatchi" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Aminboy Xajiev. - Bugun barcha eng ulug‘, eng aziz ayyomni ko‘tarinki ruhda kutib olmoqda.

Ha, shu kunlarda viloyatimiz uzra bayram nafasi kezmoqda. "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ma’naviy- madaniy tadbirlarda kundan-kunga chiroy ochib, go‘zallashib borayotgan shahar,qishloqlar, obod manzillar to‘g‘risida yurtdoshlarimiz faxr- iftixor bilan dil izhorlarini bildirmoqdalar. Bayramni munosib yutuqlar bilan kutib olish har bir kishining qalb shioriga aylangan.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 23-avgust №67.