Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



"OBOD QISHLOQ" DASTURI IJROSI BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI.
11.06.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Obod qishloq" dasturi to‘g‘risida"gi Farmoni va "Obod qishloq" dasturining 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyatimizda amaliy ishlar olib borilayapti. Joylarda uy-joylar, ularning tashqi tomonlari ta’mirlanib, yon-atroflari obodonlashtirilib, noqonuniy qurilishlar bartaraf etilib, ularning o‘rnida sport maydonchalari, gulzorlar, bog‘lar tashkil etilayapti. Biroq viloyatning hamma shahar va tumanlarida, mahallalarda, ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari izchil ravishda va talab darajasida tashkil etilyaptimi? Bu yuzadan belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishida tegishli tashkilotlarning rahbarlari, mas’ul xodimlari o‘zlariga topshirilgan vazifalarni qay darajada bajaryaptilar? Dasturlarning tezkorlik bilan amalda ijrosini ta’min-lash yuzasidan oldda turgan vazifalar nimalardan iborat? Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov boshqarib borgan yig‘ilishda kunning ana shunday dolzarb masalalari tahliliy-tanqidiy tarzda muhokama etildi. Qayd etildiki, hamon shahar va tumanlarning hokimlari, boshqarmalar, tashkilotlarning vakillari o‘z hududlarida dastur doirasida qilinadigan ishlarni paysalga solmoqda. Mas’uliyatsizlik, loqaydlik natijasida qisqa muddatda obodonlashtirish imkoni bo‘lgan qishloqlarda ham ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Axir har bir qishloqning markazi, mahallaning guzari va ularda aholiga maishiy, savdo, tibbiy, aloqa, madaniy va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatishi zarur. Yo‘llar keng bo‘lishi va ko‘chalarda tunda chiroqlar yonib turishi kerak. Biroq ayni paytda qishloqlarda ushbu muhim masalalarni hal etishda zamonaviy me’morsozlik talablariga yetarli darajada rioya qilinmayapti. Bu to‘g‘rida jiddiy o‘ylab, amaliy ishga kirishadigan vaqt keldi. Shuningdek, bugungi kunda Prezidentimiz rahnamoligida "Obod mahalla" dasturi doirasida ham ishlar jadallashtirilib yuborildi. Ana shu asosdagi rejalarni bajarishda rahbarlar yanada mas’uliyatni his qilgan holda, g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishlari zarur. Hududlarni obodonlashtirishda har bir fuqaro faol bo‘lishi, o‘zi istiqomat qilayotgan uyining tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratishi, hovli oldilarini tozalashi, fayzli qilib qo‘yishi, gulzorlar barpo etishdek xayrli ishlarda uyushqoqlik bilan qatnashishi kerak. Faollik, tashabbuskorlik faoliyat asosi bo‘lishi darkor. Yig‘ilishda belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida so‘zsiz bajarishdagi kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi hamda sohalar bo‘yicha rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi va ularning ijrosi doimo diqqat-markazida bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Soliyajon RAHIMBERGANOVA