Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



«Obod qishloq» – dasturi – amalda
26.10.2018

Prezidentimizning "Obod qishloq" dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar hamjihatlik bilan olib borilmoqda. Viloyat va tuman hokimliklarining asosiy diqqat-e’tibori bu boradagi ishlarni davr talabi darajasida tashkil etishga qaratilmoqda. Bizning mahallamizda ham mana shu dastur asosida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. 6 kilometrga yaqin yo‘lga tosh yotqizildi. 300 dan oshiq hovlilar tomi shifer qilindi. 420 hovlining old fasad qismlari qayta ta’mirlandi. Eng quvonchlisi, toza ichimlik suvi quvurlari tortildi. 2 ta yangi transformator o‘rnatilib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi. Aholi ehtiyoji hisobga olinib, hozirda yangi maktabgacha ta’lim muassasasi binosi qad rostlamoqda. Hududimizda amalga oshirilayotgan yaratuvchilik, bunyodkorlik ishlarida Zafarbek Jonibekov rahbarlik qilayotgan "Toshmasjid" xususiy korxonasi quruvchilari bilan birgalikda tadbirkorlar, fermerlar ham faol ishtirok etmoqdalar. Dilshod Abdullaev supermarket do‘koni, O‘rol Rahimov hammom, Oybek Ollaberganov sun’iy maysa bilan qoplangan sport maydonchasi, Jamila O‘rozboeva tikuvchilik sexi bunyod etilishiga bosh-qosh bo‘lmoqdalar. SHu bilan birgalikda, bu kabi himmati baland tadbirkorlarimiz turli tadbirlarni o‘tkazishda, moddiy yordamga muhtoj oilalarni rag‘batlantirishda yaqindan ko‘makdosh bo‘lmoqdalar.
Har kim o‘zi yashaydigan hovli, mahalla va qishloqni obodonlashtirishga munosib hissa qo‘shsa, yurtimiz yanada obod bo‘ladi. Obod yurtda esa taraqqiyot, o‘sish-yuksalish yuqori pog‘onalarga ko‘tariladi. Odamlarning kayfiyati, turmush tarzi yaxshilanib, farovonlik, to‘kin-sochinlikka zamin yaratiladi. Buni chin dildan his qilgan eldoshlarimiz obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlariga doimiy e’tibor qaratmoqdalar. Hududlarimizda uch mingga yaqin aholi yashaydi. Sakkiz yuz o‘ttiz besh oila do‘st, inoq, ahil bo‘lib umrguzaronlik qilmoqda. Har bir hovli oldi xiyobon, gulzor. Mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi turli sohalar bo‘yicha tashkil qilingan sakkizta komissiya, jamoatchilik nazorati guruhi o‘z ish rejasiga ega. Mahallamizda "Kitobxon oila", "Gulsevar oila", "Otam, onam va men sportchi", "Ibratli qaynona va kelin" tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda. G‘oliblar mukofotlanib borilmoqda. Ha, istiqlol sharofatidan fuqarolarimiz tinch-xotirjam, osoyishta, farovon turmush kechirmoqdalar. Mahallamiz kundan-kunga obod, ko‘rkam bo‘lib bormoqda. Buning uchun minnatdorchiligimiz cheksiz. Qadamboy O‘ROZBOEV, Gurlan tumanidagi "Eshimjiron" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.