Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



"NURONIYLAR MASKANI” – FAXRIYLAR XIZMATIDA
25.08.2017

"NURONIYLAR MASKANI” – FAXRIYLAR XIZMATIDA

Yoshu ulug‘ nuroniylarni e’zozlash xalqimizning ezgu qadriyatlaridan sanaladi. Keksa avlod vakillariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda, ular doimo e’tiborda.

Gurlan tumanida "Nuroniylar maskani" majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniy otaxon va onaxonlar, viloyatimiz faollari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi P.Bobojonov istiqlol yillarida mamlakatimizda keksa avlod vakillarini e’zozlash, ularga yuksak xurmat-ehtirom ko‘rsatish, munosib turmush kechirishi, dam olishi, jamiyatda faol bo‘lishi uchun etarlicha sharoitlar yaratib berilayotganligini ta’kidladi. Xususan, O‘zbekiston Res­publikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi "O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur Farmon ijrosi doirasida barpo etilgan ushbu "Nuroniylar maskani" ham otaxon-onaxonlarning mazmunli hordik chiqarishi, dildan suhbatlashishlari uchun sevimli maskan bo‘ladi. Binoni kapital ta’mirlash, zamonaviy usulda jihozlash uchun 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. "Nuroniylar maskani”da otaxon va onaxonlarimiz uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Sharqona uslubda qurilgan shinam binoda kutubxona, shaxmat-shash­ka xonasi, sport anjomlari bilan ta’minlangan kichik zal, tibbiyot va dam olish xonalari nuroniylar xizmatida.

- Yoshim etmishdan oshdi, - deydi mehnat faxriysi Aminboy ota Vafoyev. - Bu erda biz nafaqat dam olib, vaqtimizni chog‘ o‘tkazamiz, balki gurungu suhbatlardaqilishimiz kerak bo‘lgan ishlar, yoshlar tarbiyasi borasida gaplashib olamiz. El-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini his qilib yashash yoshimizga yosh, belimizga quvvat bo‘lmoqda. Qarang, maskanda keksalar uchun barcha zarur sharoitlar muhayyo. Choyxonada miriqib gurung qilish mumkin. Kutubxona, tibbiyot xonasi ham shu erda. Xullas, qariyaga nimaiki kerak bo‘lsa, barchasi muhayyo. Ilohim, yurtimiz tinch, xalqimiz omon, yoshlarimiz baxtli-saodatli bo‘lsin.

Shu kunning o‘zida mazkur maskan yoshu qari bilan gavjum bo‘ldi. Istirohat bog‘i maydonchasida yosh rassomlarning ijodiy ishlari hamda kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

- Biz keksalar yurtimizning har bir hududida barpo etilayotgan bunday so‘lim maskanlar uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mana shunday tinch, farovon kunlarda umrguzaronlik qilayotganimizga shukronalar aytamiz, - deydi "Madadkor" mahallasidan mehnat faxriysi Otaboy Madaminov.

Tadbirda keksa avlod vakillari, nuroniylarimiz bir piyola choy ustida dildan suhbat qilishdi.

Dilrabo KURYAZOVA

"Xorazm haqiqati" gazetasi,

2017-yil 23-avgust №67.