Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"NIHOL" MUKOFOTI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
01.11.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan "Nihol" mukofoti tanlovining izchil ravishda tashkil etilayotganligi, yoshlarning o‘z mahoratlari, ijodlarini namoyon qilish imkonini bermoqda. "Nihol" mukofoti tanlovining shahar va tuman bosqichlarida 1000 dan ortiq yosh ishtirok etdi. Viloyat bosqichida esa 30 dan ortiq yosh mumtoz qo‘shiq, musiqa, opera ijrochiligi, raqs va estrada san’ati yo‘nalishilari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon qildilar. 31 oktabr kuni Xorazm viloyat musiqali drama teatrida yosh iste’dod egalari uchun ta’sis etilgan "Nihol" mukofoti tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari S.Salaev, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining ijodkor yoshlar bilan ishlash va ommaviy madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Yunusov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Yaxshiboev va boshqalar so‘zga chiqib, yurtimizda yosh iste’dod egalarining safi kundan-kunga kengayib borayotganligi, ularning yutuqlari va mazkur tanlov yangi iqtidor egalari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berganligini ta’kidlashdi.Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, jami 15 nafar, shundan musiqa ijrochiligi bo‘yicha 3 nafar, mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha 6 nafar, estrada san’ati bo‘yicha 3 nafar, opera san’ati bo‘yicha 12 nafar va raqs san’ati bo‘yicha 1 nafar ishtirokchi tanlovning 2019 yil avgust oyida o‘tkaziladigan Respublika saralash bosqichiga yo‘llanma oldi. Tadbirda g‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovning barcha ishtirokchilariga "Faxriy yorliq"lar topshirildi. - Bunday nufuzli tanlov mas’uliyati o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlashimiz, izlanishimiz, bilim va ko‘nikmalarimizni oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi tanlovning mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha g‘olibi Doston Normetov. - Bugun biz yoshlarning iqtidorlarimizni keng namoyon qilishimiz, o‘z orzularimizni ro‘yobga chiqarishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buni "Nihol" mukofoti misolida ham ko‘rish mumkin. Ushbu tanlovning viloyat bosqichida mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. Bundan juda xursandman. Respublika bosqichida ham o‘z iqtidorimni namoyon qilib, g‘olib bo‘lishga harakat qilaman. Tadbir doirasida musiqali dastur namoyish etildi. Unda "Nihol" mukofoti sohiblari Murodbek Qilichev, Bunyodbek Saidov, Dilmurod Sultonov, Aminzoda Jumaniyozov, Jayxun Matmurodov, Farrux Saidovlar ona Vatan, baxtiyor yoshlik, tinchlik, osoyishtalikni, do‘stlikni o‘z qo‘shiqlarida tarannum etishdi. Raqs guruhi raqqosalarining dilrabo raqslari qalblarga yanada zavq bag‘ishladi