Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



Xorazm viloyati davlat Soliq boshqarmasi boshlig'i IGAMBERGENOV KUDRATBEK KADAMBAYEVICH
07.07.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi farmoyishiga asosan Igambergenov Kudratbek Kadambayevich Xorazm viloyati davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i qilib tasdiqlandi. Igambergenov Kudratbek Kadambayevich 1976 yili Urganch shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oily. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi injener-mexanik, soliq va soliqqa tortish. 1998 yili Urganch davlat universitetini, 2006 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2000 yili Urganch shahridagi ”Ulkan zamon” ishlab-chikarish firmasi, “Urganch savdo” MChJ sotuvchisi vazifalaridan boshladi. 2002 yildan Xorazm viloyati Urganch shahar va tumanlararo axborot maslahat tayanch punktiga soliqlar bo‘yicha maslahatchisi, 2003 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi EHM operatori, 2004 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Axborot tizimi bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimini vaktincha bajaruvchisi, 2005 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasining 2-darajali kotibi, 2007 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Qisqa muddatli tekshirishlarni o‘tkazish sho‘‘basi davlat soliq bosh inspektori, 2008 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Bozorlar faoliyatini nazorat qilish sho‘‘basi boshlig‘i, 2009 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, 2010 yildan Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarga soliq solish bo‘limi boshlig‘i, 2013 yildan Xorazm viloyati Shovot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2014 yildan Xorazm viloyati Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 2016 yildan Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017 yildan xozirgacha Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi farmoyishiga asosan Igambergenov Kudratbek Kadambayevich Xorazm viloyati davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i qilib tasdiqlandi.