Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



sanani
 {fixopendiv}
Yurtimizda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar, istiqbolli loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga keng imkoniyatlar va imtiyozlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 7 iyunda qabul qilgan "Har bir oila-tadbirkor" dasturini amalga oshirish to‘g‘risida"gi qarori oilaviy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qaror viloyatimizda ham izchil ravishda bajarilmoqda. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istagan aholining biznes rejalari, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ularga imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Tadbirkorlikni tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’minlanyapti.
{fixclosediv}