Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



sanani
 {fixopendiv}
Xalq deputatlari viloyat kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala - 2018 yil 1 iyul kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining bo‘shab qolgan o‘ringa bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi raisi R.Matrasulovning axboroti tinglandi 2018 yil 1 iyul kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlariga bo‘lib o‘tgan saylovda 22-Xadra saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan ko‘rsatilgan nomzod Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ermanov Farxod Urazboevich xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputat etib saylandi. Sessiyada ushbu saylovda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati qilib saylangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanovning deputatlik vakolati hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi etib tasdiqlandi. Sessiya ishini viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi xalq deputatlari viloyat kengashining raisi F.Ermanov boshqarib bordi. Sessiyada viloyat prokurori J.Xatamovning viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini so‘zsiz ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror asosida joylarda sektorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, viloyat prokuroriga biriktirilgan 2 sektor - Gurlan, Shovot va Yangibozor tumanlarida 133 ta mahalla bo‘lib, ulardagi 68 740 ta xonadonlarda 391900 nafar aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruhlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida Gurlan, Shovot va Yangibozor tumanlaridagi 68740 ta xonadonning barchasi o‘rganib chiqildi. Buning natijasida aniqlangan 6035 ta muammolardan 2996 tasi hal etildi, 2690 tasi «Yo‘l xaritasi»ga kiritildi. Respublika darajasida hal qilinadigan 132 ta muammo yuzasidan tegishli tartibda takliflar kiritildi.
{fixclosediv}