Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



sanani
 {fixopendiv}
HAR BIR BOLAGA MEHR-E’TIBOR
01 Iyun 2018 02:10
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar keng miqyosda tantanali suratda o‘tkazildi. ... 1 iyun ertalabdanoq Urganch shahridagi va tumanlardagi istirohat bog‘larida yangragan karnay-surnay sadolari bolajonlarni, ularning ota-onalarini bayram tadbirlariga chorladi. Urganch shahridagi Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i bayramona bezatilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari, "Barkamol avlod" ijodiyot markazlari tomonidan tashkil etilgan baxtiyor bolalik, go‘zal tabiat, ertaklarning sevimli qahramonlarini aks ettirgan rang-barang suratlari, musavvirlik va qo‘l ishlari, xullas ijod namunalaridan iborat ko‘rgazmalar barchani e’tiborini tortdi.
{fixclosediv}