Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



sanani
 {fixopendiv}
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan eksport ko‘rsatkichlariga bog‘liq hisoblanadi. Chunki, eksport hajmi oshgani sari milliy mahsulotlarimizning jahon bozorlaridagi nufuzi oshib boradi. Mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish, eksportyor korxona va tashkilotlarga keng imkoniyatlar yaratish, tovarlar eksportida ortiqcha ruxsat berish tartibotlarini bekor qilish hamda bojxona sohasida tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilayotgan qulayliklar mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, hususan eksportyorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
{fixclosediv} {fixopendiv}
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, eksportyorlarga qulay sharoitlar yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasida bojxona organlarida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni etkazish va ularnining faoliyati davomida uchrayotgan muammoli vaziyatlar hamda mavjud takliflarni o‘rganish maqsadida 2018 yil 14 may kuni Urganch shahrida joylashgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “URGACH BAHMAL” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining ma’sul xodimlari tashrif buyurishdi.
{fixclosediv}