Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



sanani
 {fixopendiv}
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi F.Ermanov jurnalistlar bilan uchrashdi. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha jabhalarida isloxotlar izchil ravishda davom etib, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, ularning yaxshi yashashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Obod qishloq dasturi to‘g‘risida”gi Farmon va “Obod qishloq dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan chora-tadbirlar belgilanib, qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, xududlarni kompleks rivojlan¬tirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muxandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish hamda shu asosda turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
{fixclosediv} {fixopendiv}
Xorazm viloyatida 289 ming 452 dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari tasarrufida 39 ming 404 gektardan ortiq tomorqa mavjud. Aksariyat xonadonlar undan unumli foydalanib, nafaqat oilasiga daromad keltirmoqda, balki bozorlar to‘kinligi, yurtimiz farovonligiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
{fixclosediv} {fixopendiv}
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi. Unda hududiy soliq xizmati xodimlari, soha mutaxassislari, Jamoatchilik kengashi a’zolari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mutaxasisslari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
{fixclosediv}