Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.



sanani
 {fixopendiv}
YONIMIZDAN OQQAN DARYO
21 Fevral 2018 10:27
O‘zbek she’riyatining G‘afur G‘ulom, Oybek, Xamid Olimjon, Usmon Nosir, Mirtemir, Zulfiya, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdieva, Shavkat Rahmon,Usmon Azim, Xurshid Davron, Muhammad Yusuf kabi so‘z zargarlari ijodi halqimiz tomonidan doimo chuqur e’tirof etib kelinmoqda. Ana o‘sha safda eldoshimiz, ustozimiz, qadrdon og‘amiz Matnazar Abdulhakimning borligi biz, qalamkashlarni bexad shodlantiradi. Atoqli shoir Abdulla Oripov Matnazar akani jaxonda mashhur alloma Abu Rayxon Beruniyga qiyoslagan edi. Shunday daho shoir e’tirofi ehtimol milliy adabiyotimiz sahnasida yagonadir? Eslaganimizda beixtiyor quvonamiz, faxrlanamiz.
{fixclosediv} {fixopendiv}
Jahon ilm-u fani, ma’rifati rivojiga betakror va bemisl hissa qo‘shgan, xalqimiz san’ati, adabiyotining timsoli bo‘lgan, ulkan madaniy va ma’naviy merosni o‘zida mujassam etgan go‘zal voxamiz Xorazmda ne-ne buyuk allomalar, donishmand va ulug‘ insonlar yashab o‘tganlar.Ular o‘zlaridan nurli izlar, bebaxo durdonalar qoldirganlar.Ne baxtki, har qadami muqaddas yurtda bugungi kunda ham ana shu buyuklarimizning munosib izdoshlari, sadoqatli vorislari bor. O‘zbek she’riyati osmonining yorqin yulduzlaridan biri, katta iste’dod sohibi Matnazar Abdulhakim ham o‘zi tug‘ilgan yurt farog‘ati, farovonligi, fayz-u tarovati deb yashagan, shu ezgu maqsadda ijod qilgan ana shunday ulug‘ eldoshlarimizdan biri edi.
{fixclosediv}