Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



"NAVRO‘Z" BAYRAMIGA PUXTA TARADDUD
02.03.2017

 

"NAVRO‘Z" BAYRAMIGA PUXTA TARADDUD

Istiqlol yillarida mamlakatimizda o‘zida go‘zal milliy an’ana, urf-odatlarni, qadriyatlarni mujassam etgan ''Navro‘z" bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Bayram kunlarida shahar va tumanlarda madaniy tadbirlar, xalq sayillari tashkil etiladi, doshqozonlarda sumalaklar tayyorlanib, mehr-muruvvat tadbirlari o‘tkaziladi. Bugungi kunda ham yurtimizda "Navro‘z" bayramini yuksak darajada o‘tkazish maqsadida taraddud ishlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimi P.Bobojonov "Navro‘z" — umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida viloyat hududidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqaror ushlab turish, favqulodda hodisalarning oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2017-yil 18-fevraldagi xatini ko‘rib chiqib va O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekis­ton Respublikasining Qonunining 6, 25-moddalariga asosan 2017-yilning 20-fevralidan 20-martigacha viloyat hududida keng qamrovli "Tozalash-Antiterror" maxsus profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Tadbirni samarali o‘tkazish, tadbirga jalb qilingan davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsa­dida viloyat shtabi tashkil etildi. Bunday shtablar Urganch shahri va tumanlarda ham tashkil etilishi qayd qilinadi.

Viloyat shtabiga mahallalarda, umumta’lim maktablarida, kasb- hunar kollejlarida va oliy o‘quv yurtlarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tegishli profilaktika ishlarini olib borish, ishlamasdan yurgan fuqarolarni, ayniqsa, doimiy yashash joylaridan uzoq muddatga chiqib ketib, qaytib kelgan shaxslarni foydali mehnatga jalb qilish maqsadida "Mehnat yarmarka"larini o‘tkazish va ularni ishga joylashtirish topshirildi.

Shuningdek, viloyatning chegara hududlarida pasport-viza qoidalariga amal qilinishini ta’minlash, viloyat hududiga kirish-chiqish joylarida faoliyat ko‘rsatayotgan bojxona va ichki ishlar maskanlari ish faoliyatini kuchaytirish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlarni belgilash, xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘rish, o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarning qo‘riqlanishini kuchaytirish, nafaqa pullari, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berilishini ta’minlash, aholini gaz, suv va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, korxona va tashkilotlarda, o‘quv muassasalarida xavf­sizlikni ta’minlash bo‘yicha aniqchora-tadbirlar belgilab, mas’ul xodimlar rahbarligida kunu tun navbatchilik tashkil qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilishi muhimligi qarorda qayd etiladi.

Mazkur qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat shtabiga axborot berib borish tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshirildi.

«Xorazm haqiqati» gazetasi,

2017-yil 1-mart №17.