Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



MUSTAQIL MAMLAKATIMIZNING MUSTAHKAM QALQONI
15.01.2015

Viloyatimizda Vatan ximoyachilari kuni keng nishonlandi

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni oldidan viloyatimizda katta tayyorgarlik ko‘rilib, ta’lim muassasalarida, qator tashkilotlarda, maxallalarda,- “Vatan ulug‘ - burchim muqaddas” shiori ostida ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ularda harbiy xizmatchilar, yoshlar, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari, mehnat faxriylari ishtirok etib, mustaqil mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalikni ta’minlashda Qurolli Kuchlar safida har tomonlama chiniqqan, bilimli, jasur yigitlar xizmat qilayotganliklari haqida faxr, iftixor bilan so‘zladilar. She’r va qo‘shiqlarda ona Vatanimiz, tinchlik, do‘stlik, mard o‘g‘lonlar fidoyiliklari ulug‘landi.


14 yanvar - ertalab viloyat markazidagi Xotira maydonida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.


Shu kuni Ogahiy nomli musiqali drama teatrida Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Urganch shahar hokimi O.Sapoev ochdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Tantanali yig‘ilishda ma’ruza qilgan viloyat hokimi P.Bobojonov barchani Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 23 yilligi bilan samimiy qutladi.



Mustaqillik yillarida mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga kodir, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan Qurolli Kuchlarimiz shakllandi. Milliy armiyamizda Vataniga sodiq, yuksak bilim va mahoratga ega yigitlar xizmat qilmoqda. Vatan himoyachilari - yoshlarimiz harbiy ixtisosliklarni chuqur o‘zlashtirib, yuqori kasb mahoratiga va tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bugun Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish yigitlarimiz uchun ezgu orzu, shon-sharaf ishiga aylandi. Harbiy xizmat davomida yoshlar jismonan va ma’nan chiniqish bilan birga, ularning qalbida vatanparvarlik, Vatani va xalqiga sadoqat kabi fazilatlar mustahkamlanayotir.
Yig‘ilishda bir guruh harbiy xizmatchilarga, huquqni muhofaza qilish organlari va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xodimlariga, faxriylariga viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va sovg‘alari , shuningdek, bir guruh eng ilg‘or harbiy xizmatchilarga Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonining faxriy yorliqlari topshirildi.


Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bayram kontserti bilan yakunlandi.

 “Xorazm xaqiqati” 2015 yil 17 yanvar № 5 (19143)