Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Munosib tuhfa
07.04.2018

Yaqinda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida bir qator ishlab chiqarish, madaniy –maishiy  ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, tadbirkorlar mablag‘i hisobiga barpo etilgan, loyiha qiymati 58,5 milliard so‘m bo‘lgan universal savdo majmuasining foydalanishga topshirilishi tuman ahliga chinakam bayram tuhfasi bo‘ldi.

- Tumanimizdagi oldingi buyum  bozori mahsulot aylanmasi va savdo hajmi jihatidan viloyatda eng yirik majmua bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kun talablarga javob bermas, sotuvchi va xaridorlar uchun oddiy  sharoitlar ham mavjud emas edi,- deydi tadbirkor Mohira Jumaboeva.-Ayniqsa yomg‘irli kunlarda loygarchilikdan bozor hududiga kirib bo‘lmas,boshqa hududlardan kelgan xaridorlar oldida juda xijolat bo‘lardik. Zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan yangi savdo majmuasida aholiga namunali xizmat ko‘rsatish uchunzarur barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa yong‘in xavfsizligi, kanalizatsiya, isitish tizimi, videokuzatuv moslamalari bilan to‘liq jihozlangani e’tiborga molik.

9,6 gektar maydonni egallagan ushbu majmuada 1205 ta turg‘un savdo shaxobchalari mavjud bo‘lib, e’tiborli jihati 2800 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilindi.Shuningdek bayram arafasida tumanda Hazorasp folklor teatri , 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi,”Quvonchbek – Mashhura” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuv-trikotaj fabrikasi ham ish boshladi.

                                                                                                                            Odilbek Odamboev