Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada yakunlandi
30.10.2018

Urganch shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi birinchi xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz yosh matematiklari bilan birga 20 dan ortiq mamlakatning 56 oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Bu nufuzli xalqaro olimpiadani tashkil etish tashabbusi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning sentabrida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ilgari surilganini yaxshi eslaymiz. Darhaqiqat, buyuk mutafakkir, algebra fani asoschisi Muhammad al-Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi dunyo ahlini hali-hamon hayratga solib keladi. Zamonaviy matematika, geometriya, trigonometriya, geografiya kabi fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlarning tamal toshi aynan Xorazmiy bobomiz qoldirgan ilmiy meros bilan chambarchas bog‘liq.
Shu bois, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 avgustdagi qarori bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida har ikki yilda bir marta matematika bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur olimpiadaning aynan Xorazmda o‘tkazilishida ham katta ma’no mujassam. Zero, Xorazmiy bobomiz shu zaminda tug‘ilib, voyaga etdi. Keyinchalik dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan ilmiy g‘oyalar shu tarixiy diyorda paydo bo‘lgan, maromiga etgan. – Bu xalqaro olimpiadani tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad buyuk allomaning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning matematika fani bo‘yicha bilimini yanada mustahkamlash, ilm-fan yo‘lida xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat, – deydi fizika-matematika fanlari doktori, akademik Abdulla A’zamov. – Ezgu tashabbusning amalga oshganini va keyinchalik takomillashib borishini yoshlarning ilm-fan rivojiga muhim hissa qo‘shishi uchun ochilgan keng yo‘l, deyish mumkin. Olimpiada ishtirokchilari Urganch va Xiva shaharlarini ziyorat qildi. Qadimiy Xorazmning tarixi va bir necha asrlardan buyon saqlanib kelayotgan osori-atiqalari bilan tanishdi. Urganch shahri markazidagi buyuk mutafakkir alloma nomi bilan ataluvchi bog‘da bo‘lishdi. Al- Xorazmiy siymosiga hurmat bajo keltirilib, uning poyiga gulchambarlar qo‘yildi. – Urganch davlat universiteti mahobatli va chiroyli ekan, – deydi Mongoliya universiteti professori Olzibat Munhadava. – Muassasada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar a’lo darajada. Yoshlar bilan suhbatlashganimizda ularning bilim darajasi, fikrlashi bizda katta taassurot qoldirdi. Bizning talabalarimiz turli dasturlar bo‘yicha izlanishlar olib borishadi, bu borada yoshlaringiz bilan hamkorlik foydadan xoli bo‘lmaydi. Xalqaro olimpiadaning asosiy sinovlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazildi. Intellektual bahslarni yurtimiz va dunyoning taniqli matematiklari, xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilardan iborat hakamlar hay’ati kuzatib bordi. – Biz 5 ta matematik masalani 5 soat davomida ishladik, – deydi Xitoyning Pekin universiteti talabasi Minghui Ouyang. – Savollar algebra, matematik analiz, geometriya, kombinatorika yo‘nalishlarini o‘z ichiga oldi. Har bir masala engil, o‘rta, og‘ir daraja asosida ball sistemasida baholandi. Musobaqaning yaxshi tashkil etilgani bizga ma’qul bo‘ldi. Eng muhimi, unda ishtirok etib, do‘stlar orttirganimizdan mamnunmiz. Xalqaro olimpiadada eng yaxshi natijani Xitoyning Pekin universiteti, Eronning Sharif texnologiya universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari qayd etdi. Ahmadjon Shokirov, Shonazar Qoriev (surat), O‘zA